Yangiliklar

“Tashkent International University” xalqaro universitetida ötkazilgan “Zulfiyaxonim qizlari” körik-tanlovi

“Tashkent International University” xalqaro universitetida atoqli özbek şoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim qizlari” körik-tanlovini ötkaziş töğrisida. “Tashkent…

“Tashkent International University” xalqaro universitetida atoqli özbek şoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim qizlari” körik-tanlovini ötkaziş töğrisida. “Tashkent International University” xalqaro universitetida atoqli özbek şoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan talaba-qizlar örtasida “Zulfiyaxonim qizlari” körik-tanlovi yuqori saviyada taşkil etilgani qayd etildi. Mazkur tanlov talaba-qizlarning bilim salohiyati, ma’naviy dunyoqaraşi, nutq madaniyati, ijtimoiy faolligi, sahna madaniyati hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etiş maqsadida taşkil etildi. Tadbir davomida yoşlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltiriş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini şakllantiriş, Zulfiya Isroilova ijodiy merosini keng tarğib qiliş hamda qizlarning jamiyatdagi faolligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Körik-tanlov davomida iştirokçilar uçta şart asosida öz mahoratlarini namoyon etdilar. Birinçi şart — “Taniştiruv” bosqiçida iştirokçilar özlari haqida ijodiy tarzda ma’lumot berib, nutq ravonligi, sahna madaniyati hamda özini erkin tutiş könikmalarini namoyiş etdilar. Iştirokçilarning çiqişlarida ularning maqsadlari, qiziqişlari, ijtimoiy faolligi va kelajakdagi orzu-intilişlari aks etdi. Ikkinçi şart — “Savol-javob” bosqiçida iştirokçilar turli mavzulardagi savollarga javob berib, öz bilimlari, tafakkuri, dunyoqaraşi va tezkor fikrlaş qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, ma’naviyat, ta’lim, jamiyatdagi ayolning örni hamda yoşlarning ijtimoiy mas’uliyati bilan boğliq savollarga berilgan javoblar hakamlar hay’ati va tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Uçinçi şart — “Erkin mavzu” bosqiçida esa iştirokçilar özlarining ijodiy salohiyati, sahna mahorati va san’atga bölgan qiziqişlarini namoyon etdilar. Uşbu bosqiçda şe’rlar, sahna körinişlari, musiqiy çiqişlar hamda ijodiy kompozitsiyalar taqdim etildi. Iştirokçilarning çiqişlari tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Tanlov jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan iştirokçilarning çiqişlari mazmun, ijodiy yondaşuv, sahna madaniyati, nutq ravonligi, savollarga javob beriş darajasi, estetik did va umumiy ta’sirçanlik mezonlari asosida xolisona baholandi. Tanlov natijalariga köra: 1-örin — Gafurova Nozima Ximoyiddin qizi, HQ-9-25r guruh talabasi; 2-örin — Ibroximova Şaxzoda Tuxtamurod qizi, HQ-28-25 guruh talabasi; 3-örin — Hamrayeva Feruza Şavkat qizi, XIM-1-24 guruh talabasi. Tanlov yakunida ğolib va faol iştirok etgan talaba-qizlar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida talaba-qizlarning iqtidorini yuzaga çiqariş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ijodiy taşabbuslarini rivojlantiriş hamda barkamol avlodni tarbiyalaşda bu kabi körik-tanlovlarning muhim ahamiyat kasb etişi alohida ta’kidlandi.Zulfiya ijodiga bağişlangan tanlovlar adabiyot, iste’dod va faol fuqarolik pozitsiyasi haqidagi tasavvurlarni boyitadi. Tanlovning tarbiyaviy jihati şundaki, u yoşlarga öz qobiliyatini izçil rivojlantiriş va maqsad sari intilişning ahamiyatini yana bir bor eslatadi.