2025-yil dekabr oyida Belarus Respublikasi poytaxti Minsk şahrida xalqaro tijorat arbitrajiga bağişlangan “Arbitrlar palatasi — 2025” xalqaro talabalar tanlovi bölib ötdi. Mazkur tanlov xalqaro miqyosda taşkil etilgan bölib, unda turli davlatlar oliy ta’lim muassasalari talabalari jamoalari iştirok etdi. Tanlov ikki bosqiçdan iborat böldi: yozma bosqiç (tomonlar memorandumlarini tayyorlaş) va oğzaki eşituvlar bosqiçi. Oğzaki eşituvlar jarayonida iştirokçi jamoalar öz pozitsiyalarini professional hakamlar hay’ati oldida himoya qildi. Tashkent International Universityning “FEMIDA” jamoasi uşbu tanlovda Özbekistondan iştirok etgan yagona jamoa sifatida qatnaşib, final bosqiçiga muvaffaqiyatli yetib bordi. Jamoa javobgar tomon memorandumi va çiqişi böyiça yuqori natija körsatib, faxrli 3-örinni egalladi hamda “Eng yaxşi javobgar memorandumi” nominatsiyasiga sazovor böldi. Jamoa tarkibi: — Melieva Şaxrizoda Navroz qizi — Rizaeva Zarina Bekzodovna — Isobekova Femida Abdukarimovna Mazkur yutuq Tashkent International University talabalarining xalqaro huquq sohasidagi nazariy bilim va amaliy könikmalari yuqori darajada ekanligini yana bir bor namoyon etdi.Xalqaro tijorat arbitraji böyiça tanlovlar xalqaro şartnomalar, nizolarni hal etiş tartibi va huquqiy pozitsiyani asoslaş kabi mavzularni amaliy jihatdan örganişga yordam beradi. Bunday musobaqalar doirasida talabalarning yozma huquqiy tahlil qiliş hamda öz nuqtayi nazarini dalillar bilan himoya etiş salohiyati namoyon böladi.
