Yangiliklar

Tashkent International University talaba-yoşlari örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ötkazilgan maqolalar tanlovi

2025-yil 10-dekabr kuni Tashkent International Universityda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maqolalar tanlovi…

2025-yil 10-dekabr kuni Tashkent International Universityda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maqolalar tanlovi ötkazildi. Mazkur tanlov universitet rahbariyatining tegişli topşiriği hamda Konstitutsiya kuniga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi asosida taşkil etildi. Tanlovda universitetning turli ta’lim yönalişlaridan 20 nafar talaba iştirok etdi. Taqdim etilgan maqolalar mavzuning dolzarbligi, mazmunan oçib berilişi, tahliliy yondaşuv hamda ilmiy-uslubiy saviyasi asosida baholandi. Tanlov yakunlariga köra quyidagi talabalar faxrli örinlarni egalladilar: 1-örin — Yurisprudensiya yönalişi 2-bosqiç talabasi Meliyeva Şaxrizada Navruz qizi. 2-örin — Yurisprudensiya yönalişi 2-bosqiç talabasi Kurbanaliyev Sardor Alidjanoviç. 3-örin — Yurisprudensiya yönalişi 1-bosqiç talabasi Ismoilova Gulşoda Röziboy qizi. Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar universitet tomonidan diplomlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Mazkur tanlov talabalarning huquqiy madaniyatini oşiriş, Konstitutsiyaga bölgan hurmatni mustahkamlaş hamda ilmiy-tahliliy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi.Konstitutsiya mavzusida ilmiy-ommabop maqola tayyorlaş huquqiy tuşunçalarni tuşunarli tilda şarhlaş va fikrni tegişli normalar bilan asoslaş malakasini şakllantiradi. Bunday tanlovlarda talabalar konstitutsiyaviy qadriyatlarning kundalik hayot, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy munosabatlar bilan boğliqligini yoritiş imkoniga ega böladi.