Yangiliklar

Tashkent International Universityda “Mustaqil model yaratish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tashkent International Universityda zamonaviy ilmiy yondashuvlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “Mustaqil model yaratish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tashkent International Universityda zamonaviy ilmiy yondashuvlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan “Mustaqil model yaratish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga model yaratish jarayonining asosiy bosqichlari, nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, model ishlab chiqishda tahliliy yondashuv, muammolarni aniqlash, ma’lumotlar bilan ishlash va samarali yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha muhim jihatlar muhokama qilindi.

Seminar interaktiv tarzda tashkil etilib, qatnashchilar o‘z g‘oyalari va qarashlarini bildirish, savol-javoblar orqali mavzuni chuqurroq o‘rganish hamda amaliy tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur seminar talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.