Missiya
Yurisprudensiya fakultetining missiyasi — huquq ustuvorligi va adolat tamoyillariga sodiq, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali yurist kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Maqsadlar
- Huquqshunoslik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
- Talabalarda huquqiy tafakkur va qonun ustuvorligi tamoyillarini shakllantirish.
- Zamonaviy o‘quv dasturlari asosida sifatli ta’lim berish.
- Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish.
- Ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va huquqiy sohada innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash.
Tashkil etilgan yil
2024
Ilmiy faoliyat
So‘nggi 3 yildagi konferensiyalar:
- “O‘zbekiston Respublikasida jamiyat va davlatni modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” (10.12.2024)
- “PraeLegal” kompaniyasi hamkorligida “Crypto Week” konferensiyasi (18.04.2025)
- “Global raqamlashuv va barqaror rivojlanish: yoshlar siyosati va inson huquqlari” mavzusidagi konferensiya (11.03.2026)
Xalqaro hamkorlik
- Lund University (Sweden)
- Zhetysu University named after I. Zhansugurov (Kazakhstan)