Yangiliklar

Professor-o‘qituvchilar uchun “Hero Study Space” platformasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2026-yil 12–14-avgust kunlari Tashkent International Universityda professor-o‘qituvchilar uchun “Hero Study Space” ta’lim platformasi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 ga yaqin…

2026-yil 12–14-avgust kunlari Tashkent International Universityda professor-o‘qituvchilar uchun “Hero Study Space” ta’lim platformasi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilar quyidagilar bilan tanishdi:

  • platformada ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetdan foydalanish;
  • auditoriya va talabalar guruhlarini shakllantirish;
  • dars materiallari, topshiriq va testlarni yaratish hamda joylashtirish;
  • o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini kuzatish va tahlil qilish;
  • platformaning interaktiv imkoniyatlaridan dars jarayonida samarali foydalanish.

Amaliy mashg‘ulotlar chog‘ida o‘qituvchilar platformada mustaqil ishlab ko‘rdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ta’limlarni raqamlashtirish bo‘limi mutaxassislari platformaning zamonaviy dars o‘tishdagi qulayliklari, o‘quvchilarni o‘qishga qiziqtirish va vaqtni tejash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar olingan bilim va ko‘nikmalarni kundalik dars faoliyatiga joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bunday seminarlar pedagoglarning raqamli kompetensiyasini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Kelgusida ham professor-o‘qituvchilar uchun shu kabi o‘quv tadbirlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

Seminar ma’ruzachisi platforma imkoniyatlarini tanishtirmoqda

Seminar ishtirokchisi ma’ruzani tinglamoqda

Universitet professor-o‘qituvchilari seminarda

Seminar ishtirokchilari zalda