Tashkent International University Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri S.S. Babayev hamda kafedra dotsenti, PhD J.R. Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalaridan biri — “Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST)”da ilmiy-amaliy taşrif bilan bölib turibdi.
Taşrifning asosiy maqsadi ilğor ilmiy yondaşuvlar va amaliy tajribalarni örganiş, şuningdek, ikki universitet örtasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişdan iborat. Bunday taşriflar TIU professor-öqituvçilariga yetakçi xalqaro muassasaning ilmiy amaliyoti bilan bevosita tanişiş va uşbu tajribani öz kafedrasiga olib keliş imkonini beradi.
Taşrif doirasida TIU vakillari DGIST Robototexnika va mexatronika muhandisligi kafedrasi professori Okkyun Lee, şuningdek, Xalqaro aloqalar guruhi mutaxassislari Jiwoon Ryu va Tabea Stiehl bilan uçraşuv ötkazdilar.
Samimiy ruhda ötgan uçraşuv yakunida TIU vakillari mezbonlarga özbek xalqining milliy an’analari va madaniyatini aks ettiruvçi esdalik sovğalarini topşirdilar. Sovğalar döstona munosabatlar, özaro hurmat va ilmiy hamkorlik ramzi sifatida qabul qilindi.
Şuningdek, tomonlar taşrif dasturining taşkiliy masalalari hamda istiqboldagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşib, ikki muassasa örtasidagi muloqotni davom ettiriş uçun zamin yaratdilar.
Mazkur taşrif TIUning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş va akademik tajriba almaşişni rivojlantirişga xizmat qiladi hamda universitetning xorijdagi yetakçi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kengaytiriş yölidagi sa’y-harakatlariga mos keladi.
