Tadbirlar

Aniq fanlar kafedrasi professor-öqituvçilari uçun xalqaro seminar taşkil etildi

Tashkent International Universityda ORHUN almaşinuv dasturi doirasida Aniq fanlar kafedrasi professor-öqituvçilari uçun xalqaro seminar bölib ötdi. Seminarda universitetga mehmon ma’ruzaçi sifatida taşrif buyurgan Istanbul Tijorat Universiteti professori Dr. Abdullah Yener iştirok etdi.

Seminar davomida zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning rivojlaniş tendensiyalari, aniq fanlar sohasidagi dolzarb masalalar, şuningdek, xalqaro tajriba va ilmiy yondaşuvlar yuzasidan ma’ruza taqdim etildi. Kötarilgan mavzular kafedra professor-öqituvçilarining öquv va ilmiy faoliyati bilan bevosita boğliqdir.

Tadbir professor-öqituvçilar örtasida tajriba almaşiş, ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş hamda xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qildi. Bunday uçraşuvlar universitet akademik xodimlariga xorijiy universitetlardagi hamkasblarining qaraşlari bilan tanişiş va ularni öz amaliyoti bilan qiyoslaş imkonini beradi.

Seminar yakunida iştirokçilar mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, mehmon professor Dr. Abdullah Yener bilan savol-javoblar ötkazdilar. Muloqot professor-öqituvçilarga ma’ruzada kötarilgan masalalarni yanada çuqurroq örganiş imkoniyatini berdi.

Mazkur seminar Tashkent International Universityda ORHUN almaşinuv dasturi doirasida amalga oşirilayotgan akademik tadbirlarning bir qismi bölib, uşbu dastur universitet va uning xalqaro hamkorlari örtasidagi akademik aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşadi.