Tadbirlar

Xorijiy doktorantlar uçun 14 kunlik xalqaro trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Tashkent International Universityda xorijiy doktorantlar uçun taşkil etilgan 14 kunlik xalqaro trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ikki hafta davomida Qirğiziston, Qozoğiston va Xitoydan taşrif buyurgan doktorantlar ilmiy tadqiqot metodologiyasi, akademik yozuv, statistik tahlil hamda ilmiy maqolalar tayyorlaş yönalişlarida nazariy va amaliy maşğulotlarda iştirok etdilar. Şu tariqa dastur tadqiqotni rejalaştiriş va ma’lumotlarni tahlil qilişdan tortib natijalarni ilmiy naşrlarda taqdim etişgaça bölgan ilmiy işning asosiy bosqiçlarini qamrab oldi.

Mazkur xalqaro trening iştirokçilarning ilmiy salohiyatini oşiriş, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş hamda zamonaviy ilmiy tadqiqot olib boriş könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qildi. Nazariya va amaliyotning uyğunligi doktorantlarga yangi bilimlarni öz tadqiqotlarida bevosita qöllaş imkonini berdi.

Trening yakunida iştirokçilarga faol iştiroki uçun esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, dastur doirasida şakllangan ilmiy va akademik aloqalar kelgusidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Treningning keyingi bosqiçi tasdiqlangan dastur asosida onlayn formatda davom ettiriladi. Bu iştirokçilarga ta’limni masofadan turib davom ettiriş imkonini beradi.

Dastur Tashkent International Universityning xalqaro akademik hamkorlikni kengaytiriş hamda hamkor mamlakatlarning yoş tadqiqotçilari kasbiy ösişini qöllab-quvvatlaşga bölgan intilişini aks ettiradi.