
"Yashil universitet" bo‘limining maqsadi va vazifalari
"Yashil makonni birga quramiz!
Maqsad:
"Yashil universitet" bo‘limi universitetda ekologik barqarorlikni ta'minlash, atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu bo‘limning asosiy vazifasi ekologik tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish, o‘quvchilar, professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasini atrof-muhit muhofazasi masalalariga jalb etishdir.
Vazifalar
Ekologik bilimlarni oshirish
Dinamik statistikalar va infografikalar orqali ekologik natijalarni taqdim etish
Yashil amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlash
Ommaviy axborot vositalarida yoritish
Ekologik tadbirlar va tashabbuslar
Barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqish
Tadbirlar
Toshkent xalqaro universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida qator tadbirlar davom etmoqda. Xususan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov va Toshkent xalqaro universiteti rektori Jun Yong Wook ishtirokida universitet hududida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Universitet tashabbusi bilan Minor mahallasida joylashgan 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi hududida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent xalqaro universiteti tashabbusi bilan Yunusobod tumani, Minor mahallasida joylashgan 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi hududida o'tkazilgan daraxt koʻchatlarini ekish aksiyasidan VIDEOLAVHA.
Joriy yilning 23-may kuni Toshkent xalqaro universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar Zulfiya Mo‘minova, Xosiyat Bobomurodova va Toshpo‘lat Tugalov ishtirokida ijodiy ucharshuv o‘tkazildi. Shundan so‘ng, "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida mehmonlar universitetning markaziy bog‘ida manzarali daraxt ko‘chatini birgalikda ekishdi.
Toshkent xalqaro universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Muhiddin Omon va Ma'mura Zohidova ishtirokida ijodiy uchrarshuv o‘tkazildi. Shundan so‘ng, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mehmonlar universitet hududiga manzarali daraxt ko‘chatlarini birgalikda ekishdi.
9-noyabr kuni Toshkent Xalqaro universitetida O'zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda "Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ekologik madaniyat - bugun va kelajak" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Toshkent Xalqaro universiteti “Yashil makon”chellenji doirasida tabiatni asrash va yashil hududlarni ko'paytirish maqsadida daraxt ekish ishlarini boshladi. Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov raisligida online uchrashuv bo'lib o'tdi va tadbirga start berildi.
Toshkent Xalqaro universitetida “Yashil makon”loyihasi doirasida tabiatni asrash va yashil hududlarni ko'paytirish maqsadida daraxt ekish ishlari to’g’risida videolavha!
Toshkent xalqaro universitetida “Yashil makon” loyihasi doirasida bo’lib o’tgan daraxt ekish ishlari jarayonidan videorolik.
Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
27-noyabr kuni Toshkent Xalqaro universitetida Rossiya davlatidan tashrif buyurgan vakillar bilan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Yurisprudensiya hamda Biznes va innovatsion ta’lim fakultetlari talabalari "Davlat dasturi loyihasi-yoshlar nigohida" mavzusidagi ochiq muloqot ishtirok etishdi.
“Yangi O’zbekiston” gazetasining 2025-yil 23-yanvardagi № 16 (1342) sonida Toshkent xalqaro universitetining Biznes va innovatsion ta'lim fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori Ibrohimjon Foziljonovning "Tinch, xavfsiz va barqaror muhit-muqobil energiya samaradorligiga asosdir" sarlavhali maqolasi chop etildi.
TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI UCHUN “ENG YAXSHI KEYS” TANLOVI. Mavzu: Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot
TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY TALABALARI UCHUN KEYS-CHEMPIONATi, Mavzu “Atrof-muhitni asrash, yashil iqtisodiyot va yashil universitet konsepsiyasi”
Bahor kirib kelishi bilan respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuboriladi.