top of page

Xalqaro hamkorlik

Writer's picture: TIUTIU

Toshkent Xalqaro universiteti hamda Sejong universiteti o'rtasida 2+2 Talaba almashinuvi dasturi shartnomasi imzolandi


🤝Toshkent xalqaro universiteti va Janubiy Koreyaning Sejong universiteti (dunyoda 250-o'rin) o‘rtasida 2+2 talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha rasmiy shartnoma imzolandi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, TIU talabalari Toshkentda 2 yillik o‘qishni tamomlagach, Sejong Universitetida keyingi 2 yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


📎Mazkur dastur xalqaro standartlarga mos ta’lim olish, akademik tajriba orttirish va global miqyosda tan olingan diplomga ega bo‘lish imkonini taqdim etadi. Bu universitetning xalqaro hamkorlikni kengaytirish va talabalari uchun yuqori sifatli ta’lim imkoniyatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadami hisoblanadi.


*Dunyodagi TOP-1000 talikka kiruvchi OTMlar diplomi O‘zbekistonda maxsus imtihonsiz nostirifikatsiya qilinadi.

18 views0 comments

Recent Posts

See All

Comments


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

Murojaatingiz uchun rahmat

bottom of page