TIU va Goucher College: 2+2 Dasturi Endi AQShda!
- TIU
- Apr 10
- 1 min read
Tashkent International University xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirishda davom etmoqda. AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Goucher College bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv asosida Biznes va innovatsion ta’lim fakulteti talabalari uchun 2+2 ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda talabalarimiz 2 yil TIUda tahsil olib, qolgan 2 yilni Goucher College’da davom ettirish orqali AQSh diplomiga ega bo‘lishlari mumkin.
Goucher College haqida:
1853-yilda tashkil etilgan Goucher College Merilend shtatining Towson shahrida (Baltimore yaqinida) joylashgan bo‘lib, AQShdagi eng yaxshi liberal san’at kollejlari qatoridan o‘rin olgan. U innovatsion o‘quv yondashuvi, xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan mashhur.
Dastur imkoniyatlari:
AQShda ikki yillik tahsil va hayot tajriba;
Akademik almashinuv va xalqaro do‘stliklar;
Goucher College diplomi bilan global mehnat bozoriga chiqish;
Yangi ufqlar va keng imkoniyatlar!
Batafsil ma’lumot uchun Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling!
コメント