Tashkent International University 2024/2025 oʻquv yili uchun quyidagi fanlar yoʻnalishlariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi:
• Iqtisodiyot fanlari:
(Sanoat iqtisodiyoti, Xalqaro iqtisodiyot, Xalqaro savdo va moliya, Menejment, Marketing, Ekonometrika, Statistika, Oʻyinlar nazariyasi, Bank ishi, Moliya, Buxgalteriya hisobi, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari);
• Ijtimoiy-siyosiy fanlar:
(Notiqlik sanʼati va liderlik, Sotsiologiya, Tanqidiy fikrlash, Yozish va taqdimot qilish koʻnikmalari, Dinshunoslik, Falsafa)
• Pedagogika va psixologiya fanlari:
(Taʼlim asoslari, Inklyuziv taʼlim, Pedagogik mahorat, Psixologiya, Boshlangʻich sinflarda oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi);
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalari:
(Veb dasturlash, Dasturiy injiniring, Raqamli qurilmalarni loyihalash, Kiberhuquq va kiberektika, Elektronika va sxemotexnika, Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmi);
• Aniq fanlar:
(oliy matematika, fizika);
Nomzodlarga beriladigan ustuvorliklar:
• nomzodlar kamida 2 yil tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim tashkilotida oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan boʻlishlari (maʼlumotnoma-obyektivkada qaysi fanlardan dars berilganligi aniq koʻrsatilishi kerak);
• xorijiy tilda soʻzlasha olish - qoʻshimcha ustuvorlik;
• rus tilida dars bera olish – qoʻshimcha ustuvorlik;
• ilmiy unvon (professor, dotsent, katta oʻqituvchi)larga ega boʻlish – qoʻshimcha ustuvorlik.
Talab qilinadigan hujjatlar:
• maʼlumotnoma-obyektivka;
Suhbat vaqtida taqdim etiladigan hujjatlar:
• pasport nusxasi;
• oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (magistr) nusxasi;
• ilmiy daraja/unvon toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
Sharoitlar:
• yuqori (raqobatbardosh) ish haqi;
• bayramlarda mukofot pullari;
• 56 kunlik xaq toʻlanadigan yillik mehnat taʼtili;
• oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun munosib sharoitlar;
• xorijiy davlatlarda malaka oshirish imkoniyati;
• samaradorlik (KPI) natijasiga koʻra yillik bonuslar;
• shahar markazida shinam ofis va auditoriyalarga ega kampus;
• professionallar jamoasi bilan ishlash va karyera qilish imkoniyati.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar hujjatlarni quyidagi elektron pochta manziliga (info.tiuni@gmail.com) yoki telegram chatga (https://t.me/tiu_hr) yuborishi mumkin.
Hujjatlar 2024-yil 10-iyulgacha qabul qilinadi.
Xabar mavzusiga aynan qaysi fan uchun hujjat topshirayotganingizni koʻrsating!
Izoh: mazkur talablar boʻyicha tanlab olingan nomzodlar keyingi bosqichda suhbatga taklif qilinadi.
📱Axborot-maslahat markazi
+998 95 131 5555
+998 95 383 5555
Comments