
Uchrashuvda Tashkent International University prorektori Sherzod Xannayev, Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig'i Gulmira Axmadjonova hamda "Xorijiy tillar" kafedrasi koreys tili o'qituvchisi Barno Hakimova ishtirok etdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad O‘zbekistondagi barcha koreys filologiyasi yo'nalishi mavjud bo'lgan Oliy ta'lim muassasalari bilan Koreya ta'lim markazi o'rtasida aloqa o'rnatish va OTM larning o'zaro aloqa qilishini ta'minlashga yanada ko'proq imkoniyat yaratib berishdir.
Koreya ta'lim markazi tomonidan koreys tili bilan bog'liq bo'lgan mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirildi hamda OTM lar tomonidan turli takliflar muhokama qilindi.