17-dekabr kuni Toshkent Xalqaro Universiteti hamda Toshkentdagi Inha universiteti o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Inha universteti rektori Muzaffar Jalolov TIU rektori Jun Yong Vuk hamda ijrochi direktor Iskandar Yuldashev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, hamkorlik imkoniyatlari hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalarni ta’lim muhitiga tatbiq etish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tajriba almashishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
👍 Ushbu uchrashuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va talabalar uchun yangi imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.
Comments