Tashkent International Universityda Joriy yilning 19-fevral kuni Biznes va innovatsion ta'lim fakultetining "GUEST LECTURES" loyihasi doirasidagi Sirtqi ta'lim shakli talabalari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuvda "DAVR BANK" XATB Boshqaruv Raisining o'rinbosarlari Usmonov Jamshid Rasulovich hamda Tojiyev Ravshan Jovliyevich ishtirok etdilar. Mehmon spikerlar tomonidan, bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va tijorat banklari faoliyatiga oid muhim ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, uchrashuv qiziqarli savol-javoblar tarzida o'tkazildi hamda eng faol talabalarga tijorat bankining esdalik sovg'alari topshirildi.
Yana bir yangilik, "DAVR BANK" XATB rahbariyati bilan fakultetning Iqtisodiyot blogiga kiruvchi barcha ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni tijorat bankining Markaziy apparati va filiallarida amaliyot o'tashi hamda ishga joylashishi bo'yicha muhim kelishuvga erishildi.
Comentários