Tashkent International University Yurisprudensiya fakultetining “GUEST LECTURER” loyihasi doirasida navbatdagi mehmonimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha ombudsman o'rinbosari Narimonov Bekzod Abduvaliyevich tomonidan 10-dekabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e'tirof etilgan "Xalqaro Inson huquqlari kuni" munosabati bilan ochiq dars tashkil etildi.
✅Mazkur umummilliy darsning asosiy maqsadi:
✅ Inson huqulari umumjahon deklaratsiyasi qoidalari bilan tanishtirish;
✅ talabalarni inson huquqlari bo‘yicha xalqaro normalar hamda yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan insonning asosiy huquqlari va erkinliklari to‘g‘risida xabardor qilish;
✅ “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” inson huquqlari sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdan iborat edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-46-sonli Qarorining 12-band "b" kichik bandlarida hamda 2023-yil 12-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi PF-70 sonli Farmonining 4-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “10-dekabr – Xalqaro Inson huquqlari kuni” – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (IHUD) qabul qilingan kuniga bag‘ishlanib tashkil etildi.
Comments