top of page

1-mart kuni Tashkent International University va Qozog'iston Respublikasining bir qator ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Writer's picture: TIUTIU


Ushbu memorandum akademik hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma ta’lim dasturlari hamda tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan. Memorandumni imzolagan ta'lim muassasalari quyidagilardan iborat:


Qozog'iston Respublikasining Qoplonbek Oliy Agrar-Texnik Kolleji;

Turkiston Ko‘p Tarmoqli Texnika Kolleji;

Turkiston 17-Kolleji;

D.Kunayev nomidagi Agro-Texnika Kolleji.


Hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlar:


-akademik, ilmiy va madaniy almashinuvlarni tashkil etish;

-ta’lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida har bir Tomonning resurslari va kasbiy -kompetensiyalaridan foydalanishni ta’minlash.

-qo‘shma ta’lim dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

-qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun zarur moddiy-texnikaviy va infratuzilma resurslari bilan ta’minlash;

-maqsadli auditoriya orasida ta'lim dasturlarini targ'ib qilish;

-qo'shma loyihalarni marketing va axborot bilan ta'minlash.

 
 
 

Comentários


Tashkent International University

+998 95 131-55-55

+998 95 383-55-55

info@tiu.uz

bottom of page