SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// Tashkent Islamic University Motto

TAVSIYA ETAMIZ

“KAMOLOT” YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI 

(O'zgartirish va qo'shimchalar kiritiladi)

2001-yilda universitet talabalarining manfaatini himoya qilish, yoshlarning bilimi, iqtidorini namoyon etish, yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash maqsadida“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan.

           

            Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi – ta’lim muassasasidagi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy, ma’rifiy va intellektual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

 

 

 

Boshlang‘ich tashkiloti faollari o‘tgan davr mobaynida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, 3 nafar talaba “Kamolot” stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. “Talabalar festevali” doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanda1 nafar talaba Respublika miqiyosida1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Yurt kelajagi” tanlovida 2 nafar talaba tuman miqiyosida g‘olib bo‘lib  shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining saralash bosqichida universitet jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. “Talabalar teatr studiyalari” festevali doirasida bo‘lib o‘tgan saralash musobaqada boshlang‘ich tashkilot faollari “Eng yaxshi erkak roli uchun”, “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldilar.

 Bundan tashqari 2015-2016 o‘quv yili mobaynida boshlang‘ich tashkilot tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. Masalan: “PR AKSIYA”, “Mohir musavvir” nomli rassomlar musobaqasi, “Kamolot shou” musobaqasi, “Rasmdagi sovg‘ani qo‘lga kirit!” aksiyasi, “Parvoz treining”, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Bolajon” loyihasi, “Talabalik zavqi”, “Quvnoq talabalar”, “Siz shunday buyuksiz aziz muallim!”, “Konstitutsiya-baxtimiztayanchi”, “Mening armiyam–mening faxrim”, “Kamolot”da mehmonda loyihalari kabi ko‘plab loyiha va tadbirlar o‘tkazildi.

Shuningdek, boshlang‘ich tashkilot qoshida “Munozara” debat klubi, “Millatlararo do‘stlik klubi”, “Yosh tadbirkorlar” klubi, “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj yoshlar harakati, Talabalar teatr jamoalari faoliyat olib bormoqda.

“Kamolot” YIH TIU BT tomonidan talabalar uchun “Kamolot” lingvo” bepul til to‘garaklaridayapon, nemis, fransuz, ingliz, rus, turk hamda arab tillaridan malakali ustozlar va Harakat faollari universitet talabalariga bilim bermoqdalar. 

 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top