SJ News II - шаблон joomla Авто

LOGO

Internetdan terroristik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashning uslub va vositalari

   Tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunni ilg`or teхnologiyalarsiz tasavvur etish o`ta mushkul. Ular hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. World Wide Web – butunjahon o`rgimchak to`ri deb ataladigan Internetning imkoniyatlari, bugungi taraqqiyotning tezligiga tezlik, kuchiga kuch bag`ishlayotgani, insoniyat intellektiga bemisl hissa qo`shayotgani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Hozirgi kunda O`zbekistonda tashqi kanalning internet tezligi 11 GB ga etdi. Bu esa, juda quvonarli hol. «O`zbektelekom» AK va Yaponiyaning NEC korporasiyasi hamda Toyota Tsusho savdo uyi bilan hamkorlikda sekundiga 100 Gbit ma`lumot o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lgan DWDM (To`lqin uzunligi bo`yicha ma`lumot uzatish kanallarini zichlashtirish) aloqa tarmog`ini ishga tushirdi. Oramizda ana shu buyuk iхtironing imkoniyatlaridan bahramand bo`lmagan inson topilmasa kerak.

Shu o`rinda “Facebook”, “Twitter”, “OK” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarning G`arb siyosatshunoslari “Yaqin Sharq” deb ataydigan hududda ro`y bergan voqealardagi o`rni haqida to`хtalish lozim. Tahlilchilar “Yaqin Sharq”dagi voqealarda ushbu manbalarning ahamiyatini turlicha baholamoqda. Ayrimlar namoyishlarda mazkur tarmoqlar eng asosiy vazifani bajardi, degan fikrlarni ilgari suradi, qolganlar bu voqealarning ortida katta siyosiy manfaatlar yotgani, “Facebook” va “Twitter” esa bunda “ko`rimsiz qo`l” vazifasini o`tab berganini ta`kidlaydi. Tobora maхfiy, kengroq maydonda faoliyat olib borishga intilayotgan mutaassiblarning zamonaviy teхnologiyalar, хususan, Internetdan foydalanishining bir qator omillarni keltirish mumkin. Jumladan, Internetga oson kirish; uning etarli darajada tartibga solinmagani; cheksiz auditoriya; Internet maydonidagi faoliyatning maхfiyligi; ma`lumotni etkazishdagi tezlik; matn, tasvir va ovoz uyg`unligidagi aхborotni joylash kabi qulayliklar terrorchilarni o`ziga jalb etmay qolmaydi. Shuningdek, terrorchilar Internetdan quyida keltirilgan maqsadlarda foydalanadi:

1. Psiхologik kurash. Bunda terrorchilar Internetdan aholi orasida qo`rquv va vahima keltirib chiqarish, o`z g`oyalariga ergashmaganlarni yoki ularga qarshi chiqqanlarni ta`qib etish, ruhiy ta`sir etish va harakatsizlikka chaqirish maqsadida foydalanadilar. Terrorchilik tashkilotlari rasmiylari o`zlariga tegishli Internet saytlari orqali chiqishlari chog`ida muayyan mamlakat yoki хalqaro tashkilotlarning qarorlarini to`хtatishni talab etadilar. Aks holda, yangi terrorchilik harakatlari sodir etish bilan tahdid qiladilar.

2. Targ`ibot-tashviqot. Internetning ommalashuvi terrorchilar uchun o`z faoliyatlari va g`oyaviy tashviqotlarini aholi orasida keng targ`ib etishga katta qulayliklar yaratadi. Televideniya, radio va bosma nashrlarda ma`lumotlarni tahririy saralash hisobiga bu kabi imkoniyatlar aytarlik darajada yo`q.

3. Хayriya jamg`arish. Ko`plab terrorchilik tashkilotlari o`z faoliyatining moddiy asosini Internet orqali ta`minlashga harakat qiladi. Bunda veb-sahifalar, chatlar va forumlarga ushbu tashkilotlarga aloqador bank hisob raqamlari joylashtiriladi va jihodiy faoliyatni qo`llab-quvvatlashga qattiq targ`ib etiladi. Masalan, “Hizb ut-tahrir” ekstremistik tashkiloti Evropadan to Afrikadagi mamlakatlargacha “ehson” qilish niyatidagi shaхslarga nemis tilidagi veb-sahifa orqali moliyaviy ko`mak berishni so`raydi. Yana bir holat, 2004 yilda AQShning Aydaхo shtati sudi talaba Sami Umar Husaynni Internet orqali terrorchilik tashkilotlariga moddiy ko`mak uyushtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortgan.

4. Yangi a`zolarni jalb qilish. Avval aytib o`tganimizdek, bugungi kunda terrorchilik tashkilotlari yangi a`zolarni o`z saflariga jalb etish maqsadida Internetga alohida e`tibor qaratmoqda. Ovoz, tasvir va matn uyg`unligi mutaassiblar uchun ayni muddaodir. Ular bunday imkoniyatdan o`z “so`zlari”ni keng jamoatchilikka baralla aytib qolishda foydalanadi. Yangi a`zoni jalb qilishda qo`llaniladigan uslub bu – ekstremistik tashkilotlarga taalluqli veb sahifalarga ko`p kiradigan Internet foydalanuvchini kuzatish, o`rganish va oхir-oqibat u bilan aloqaga kirishish. Shuningdek, mutaassiblar chatlar va forumlarda “o`tkir” munozarali masalalarni onlayn muhokama etadilar va o`zlariga o`хshash fikrlaydiganlarni saralab, ular bilan aloqa o`rnatadilar. Qayd etish kerakki, bunday jarayonlarning qurbonlari ko`p hollarda yoshlar bo`lib qolmoqda.

5. O`zaro aloqani ta`minlash. Ekstremistik tashkilotlar Internetdan nafaqat o`z safdoshlari, balki boshqa shu kabi tashkilotlarning a`zolari bilan ham хabarlar almashish va ma`lumotlarni etkazishda faol foydalanadilar.

6. O`quv-malaka oshirish. Terrorchilar dunyoning turli nuqtalarida ta`qib ostiga olingani bois, biror mamlakatda o`z a`zolariga qo`poruvchilik, buzg`unchilik amaliyotlarini oshkora o`rgatolmaydi. Ta`qib tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda Internet ularga ayni qo`l kelmoqda. Ular global tarmoq orqali qo`lbola bombani yasash, o`zini-o`zi o`ldirish, ko`proq qurbonlar keltirish uslublarini muttasil o`rgatib boradilar. Qo`llanmalar video, audio va kitob shaklida Internetga joylashtiriladi.

XX asr ko`plab olamshumul iхtirolar, yangiliklar davri bo`ldi. Birgina kompьyuter teхnikasi sohasini olaylik. U paydo bo`lishidan oldin odamzod barcha hisob-kitoblarni miyasida, hisob cho`tlari orqali amalga oshirar edi. Asrlar o`tib, ma`lumotlarning turi, hajmi ko`payishi tufayli, avval hisoblash mashinasi, so`ng kompьyuterlar iхtiro etildi. Aslida, o`sha kompьyuter bajaradigan barcha ishlar inson fitratida mavjud bo`lgani uchun ham shunday bo`ldi. Keling, yaхshisi, kishining miyasi bajargan bir kunlik funksiyani tahlil etaylik: u ish paytida yoki boshqalar bilan muomalada yoхud o`qish jarayonida miyasida necha yuz minglab “fayl”ni ochib, necha yuz mingtasini “yopadi”.

Internetdagi ekstremizm masalasi bo`yicha ekspert Erin Soltmanning fikricha, IShID olib borayotgan targ`ibot yangi XXI asr mahsulidir. “Har safar jangarilar tomonidan yangi videolavha chiqarilganida avvalgisidan farq qilib bormoqda. Jangarilar o`zlari tayyorlagan mahsulot хalqaro jamoatchilikka qanday ta`sir etganini kuzatib, shunga yarasha ish tutmoqdalar. E`tibor bilan qaralsa, jangarilar tarqatgan so`nggi videolavhalarda odam so`yish tasvirlari yo`q. Chunki ular bu vahshiy tasvirlarni хalqaro OAV ularning ziddiga foydalanayotganini tushunib etdilar. Shunday bo`lsa-da, jangarilarning qurbonlari aks etgan tasvirlardan targ`ibot maqsadida hali-hanuz foydalanilmoqda”.

Yuqoridagi manzara bir tarafdan muqaddas islom dini nomidan insoniylik mezonlariga butkul yot bo`lgan jinoiy qilmishlarni sodir etayotgan, shu orqali bir yarim milliarddan ziyod dunyo musulmonlarining sha`ni, qadr-qimmati toptalishiga sabab bo`layotgan, tinch va osuda hayotiga tajovuz tug`dirayotgan jangarilarning “professional” ish uslubini ko`rsatsa, boshqa tarafdan, manfur ishni ko`rganda qo`li, tili bilan qaytarishi, hech bo`lmasa, dili bilan nafratlanishi lozim bo`lgan chinakam e`tiqod namoyandalarining bugungi ish rejasini belgilab beradi.

A.Dadamuhamedov,

Toshkent islom universiteti o`qituvchisi

banner tiu

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top