SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE /////

TAVSIYA ETAMIZ

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI

Toshkent islom universiteti 1999 yilda tashkil etilgan. Istiqlol sharofati ila 1999 yilda tashkil etilgan Toshkent islom universiteti xalqimizning muqaddas e’tiqodi – islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy merosini tiklash, buyuk allomalarimizning diniy-ma’rifiy asarlarini chuqur o’rganish imkoniyatlarini ochdi. Diniy va dunyoviy fanlarni uyg’unlikda o’rganish, ilmiy-nazariy yondashish tamoyillariga asoslanib, bu sohada har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borishga qodir yuqori malakali kadrlar tayyorlash TIU faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir.
TIU tarkibiy tuzilmasi: 3 fakultet, 10 kafedra, 6 bakalavr yo’nalishi va 4 magistratura mutaxassisligi. Universitetda 500dan ortiq talaba bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olmoqda, 10 doktorant. Fakultetlar va Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida 125 o’qituvchi, xususan 13 professor va 47 dotsent ishlamoqda.
Toshkent islom universiteti fakultetlari:

• Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti
• Islom tarixi va falsafasi fakulteti
• Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakulteti
• Magistratura

Toshkent islom universiteti kafedralari:

• Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o’rganish “UNESCO” kafedrasi 
• Islomshunoslik
• Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq
• Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
• Informatika va axborot texnologiyalari
• Sharq tillari
• G’arb tillari
• Psixologiya va falsafiy fanlar
• Tarix
• Tabiiy fanlar

Bakalavriat yo’nalishlari:

• Dinshunoslik (o’zbek va rus tilida ta’lim guruhlari)
• Psixologiya (Din Sotsiopsixologiyasi)
• Tarix (Islom tarixi va manbashunislik) (o’zbek va rus tilida ta’lim guruhlari)
• Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim
• Jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
• Informatika va axborot texnologiyalari

Magistratura mutaxassisliklari:

• Islom tarixi va manbashunosligi
• Dinshunoslik
• Psoxologiya (din psixologiyasi)
• Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik

Toshkent islom universitetida ta’lim tillari va muddati:

Ta’lim muddati - 4 yil (bakalavriat); 2 yil (magistratura)
Ta’lim tillari: o’zbek/rus.
Harbiy kafedra: yo’q

Toshkent islom universitetiga kirish imtihonlari:

Imtihon topshirish tillari: o’zbek, rus.
Hujjatlarni qabul qilish: 20 iyun - 20 iyul, soat 08.30 dan 17.30 ga qadar
Tanaffus 13.00 dan 14.00 ga qadar. Dam olish kuni - yakshanba.
Imtihonlar o’tkazilish kuni: 1 avgust

Toshkent islom universitetiga kirish uchun kerakli hujjatlar:

Rektor nomiga ariza; (Arizachi tomonidan to’ldiriladi)
Attestat yoki o’rta maxsus ta’lim haqidagi diplom; (Baholar haqidagi ilova bilan)
Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakl);
Foto 3,5x4,5 sm- 6 dona;
Pasport va passport nusxasi; (16 yoshga to’lmagan abituriyent Ichki Ishlar Vazirligi №9 shaklini taqdim etadi);
Harbiy ro’yxatga olish guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma; (asl nusxasi)
Konvert -2 dona;
Papka teztikkich.

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top