SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
NASHRIYOT-MATBAA BIRLASHMASI

«Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi Ilmiy kengash qaroriga binoan 1999 yilda tashkil topgan. 

Nashriyot-matbaa birlashmasi o’tmishda o’tgan buyuk allomalarning ilmiy g’oyalari va asarlarini hamda tarixiy nodir manbalar asosida ilmiy-nazariy tadqiqotlarni nashr etib, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

 

 

Birlashma universitet va uning qoshidagi akademik litsey buyurtmalari asosida o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni Ilmiy kengash qaroriga muvofiq nashr etadi.

Shuningdek, maktab, o’rta va oliy o’quv yurtlari uchun darslik va boshqa o’quv qo’llanmalari hamda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy, diniy va ma’rifiy mavzulardagi asarlarni, uzluksiz ta’lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom ta’limoti va falsafasi bo’yicha ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni, qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom fiqhi (huquqi) va aqoidi (kalom) nazariyasi kabi islomshunoslikka oid diniy, falsafiy va tarixiy mavzulardagi asarlarni, dunyo tamadduni bilan bog’liq turli dinlar va madaniyatlar to’g’risidagi ilmiy-nazariy, madaniy-ma’rifiy, mumtoz asarlar hamda jahon adabiyotining yuksak namunalarini muntazam ravishda tarjima qiladi va chop etadi.

 

 

Universitetda olib borilgan yirik ilmiy fundamental tadqiqot – A.Mansurov tomonidan tayyorlangan «Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri» arab va o’zbek tillarida chop etilib, xalqimizga taqdim etildi. Universitet olimlari tomonidan tayyorlangan mustaqillik yillaridagi xalqimizning diniy-ma’rifiy hayoti aks ettirilgan. «Islom ziyosi – o’zbegim siymosida» kitobi, yu.f.d. A.Jo’zjoniyning «Marg’inoniy va uning izdoshlari», «Islom huquqshunosligi. Hanafiy mazhabi va O’rta Osiyo faqihlari» kitoblari bosmadan chiqdi. SHuningdek, Abdussalom al-Muborakfuriyning «Imom Buxoriy» asari U.Uvatov tomonidan tarjima qilinib, o’quvchilarga taqdim etildi. Har yili «Idrok» adabiy-ma’rifiy to’plami muntazam ravishda universitet o’qituvchilari va talabalari hamkorligida tayyorlanib, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojiga xizmat qiladi.

SHuningdek, A.Hasanovning «Qadimgi Arabiston va ilk islom: Johiliyat asri», Z.Islomovning «Muqaddamat ul-adab» (manbashunoslik tahlili), «Muqaddamat ul-adab» matni (Mahmud Zamaxshariy asari), «Adab ilmining durdonasi», R.Obidovning «Qur’on va tafsir ilmlari», N.Muhamedovning «SHosh vohasi olimlarining ilmiy-ma’naviy merosi» kabi ilmiy risola va adabiyotlar nashr etildi.

Tel: (+99871) 241-08-52, Faks: (+99871) 244-94-69, Email: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. 

veb sayt: nashr.tiu.uz

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top