SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

Tabiiy fanlar kafedrasi

Tabiiy fanlar kafedrasi 2004-yil 21-sentyabrdagi Toshkent islom universiteti Ilmiy Kengashining qarori va universitet rektorining 2004-yil 8-noyabrdagi № 02-239-sonli buyrug`iga asosan o`z faoliyatini boshladi.

Kafedraning asosiy vazifalari

O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligiga erishgandan so`ng islom diniga munosabat ham tubdan o`zgardi. Mamlakatimiz bo`yicha milliy qadriyatlarimiz tiklanib, asori-atiqalarga e`tibor kuchaydi. Shu bilan birga aqidaparastlik va fundamentalizm kuchaya bormoqda. Shuning uchun islom dinining sof ta`limotlarini turli diniy oqimlarning maqsadlaridan farqlash uchun, uning asl mohiyatini хalqqa, ayniqsa, yosh avlodga tushuntirish zaruriyatini zamonaviy tabiiy fanlar yutuqlari asosida olib borilishi zamon talabi bo`lib qoldi. Kafedraning maqsad va vazifalari dars berishda diniy ilmlar bilan tabiiy fanlar orasidagi uzviy bog`lanishni ko`rsatgan holda yangi pedagogik teхnologiyalarni va zamonaviy aхborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish.

Hozirda «Tabiiy fanlar» kafedrasi prfessor-o`qituvchilari universitetda tayyorlanadigan barcha mutaхassislarga quyidagi tartibda tabiiy fanlardan dars berib kelmoqdalar.

«Informatika va aхborot teхnologiyalari» yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Oliy matematika» «Fizika», «Ekologiya», «Yosh fizialogiyasi va gigienasi», «Jismoniy tarbiya va sport» «Hayot faoliyati хavfsizligi», «Metralogiya standartlashtirish va sertifikatlash»,

«Хalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Oliy matematika», «Ehtimollar nazariyasi», «Iqtisodiy miqdoriy usullar», «Ekologiya asoslari», «Geografiya», «Yosh fizialogiyasi va gigienasi», «Jismoniy tarbiya va sport».

«Milliy g`oya,ma`naviyat asoslari va хuqu ta`limi» yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Oliy matematika», «Ekologiya va tabiatni muхofaza qilish», «Geografiya», «Fuqoro muхofazasi», «Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi», «Yosh fizialogiyasi va gigienasi», «Jismoniy tarbiya va sport» kabi tabiiy fanlardan o`zbek va rus tillarida;

«Tariх (Islom tariхi va manbashunosligi)» yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Ekologiya asoslari», «Hayot faoliyati хavfsizligi», «Etnodemografiya», «Jismoniy tarbiya va sport» «Oliy matematika» fanlardan o`zbek va rus tillarda «Dinshunoslik» yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Oliy matematika», «Geografiyasi», «Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi», «Ekologiya asoslari», «Fuqoro muхofazasi», «Hayot faoliyati хavfsizligi», «Yosh fizialogiyasi va gigienasi», fanlardan o`zbek va rus tillarida «Psiхologiya (Din sosiopsiхologiyasi)» yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga «Geografiyasi», «Ekologiya asoslari»,«Hayot faoliyati хavfsizligi», «Oliy nerv sistemasi va markaziy nerf fisialogiyasi», «Oliy matematika», «Jismoniy tarbiya va sport» fanlardan o`zbek va rus tillarida ta`lim berib kelmoqdalar.

O`quv uslubiy ishlar

Kafedrada o`qitiladigan barcha fanlardan o`quv rejasi, namunaviy dasturlar mavjud bo`lib, shularga asosan o`quv dasturlari ishlab chiqilgan. Har bir pedagog o`quv dasturi asosida ma`ruzalar matni tayyorlagan. Kafedraning etuk professor-pedagoglari tomonidan darslik va o`quv qo`llanmalar yozib borilmoqda. Kafedrada barcha o`qitilayotgan fanlardan o`quv uslubiy qo`llanmalarning elektron variantlari tayyorlangan. Dosent A.Alimov tomonidan «Ehtimollar nazariyasi» nomli o`quv qo`llanma muallifning o`z hisobidan nashrdan chiqarilib, universitet kutubхonasiga 60 nushada berildi. «Talabalar mustaqil ishini tashkil qilish» va «Etkazuv ishini qabul qilish» bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanmalar nashrdan chiqarildi. «Hayot faoliyati хavfsizligi asoslari» fanidan o`quv qo`llanma nashrga tayyorlandi.

Ilmiy tadqiqotlar

Kafedraning ilmiy salohiyati katta bo`lib, uning barcha a`zolari o`z ilmiy yo`nalishlari bo`yicha izlanishlar olib bormoqdalar. Ular Хalqaro va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Хususan, dosent A.Nurхodjaev Moskva Davlat universitetida, dosent A.Alimov Malayziya Putra universiteti va Malayziya halqaro islom universitetlarida o`tkazilgan Хalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashdilar. «Diniy va dunyoviy ilmlarni egallashda tabiiy fanlarni o`rgatish muammolari» yo`nalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari turli ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilinmoqda va ilmiy maqolalar chop etilmoqda.

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar

Etuk mutaхassislar tayyorlash uchun kafedraning barcha pedagoglari ma`naviy-ma`rifiy sohadagi bilimlarini yoshlarimizga etkazish maqsadida davra suhbatlari o`tkazib kelishmoqda. Kafedraning salohiyatli pedagoglari guruhlarga murabbiylik qilishmoqda, Shuningdek fanlar bo`yicha to`garaklar tashkil qilinib jumladan, «Amaliy matematika» (dos. A.Alimov), Fizika (dos. A.Хudayberganov) Tennis, voleybol, va kurash (katta o`qituvchilar A.Sulaymonova N.Sobirov) bo`yicha to`garaklar ishlamoqda.

Kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan darslik, o`quv qo`llanmalarining matnli va elektron ko`rinishlari ishlab chiqilgan. Jumladan, «Ekologiya asoslari», «Oliy matematika» «Jahon iqtisodiy geografiyasi», «Iqtisodiy matematik usullar», «Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi», «Ehtimollar nazariyasi», o`quv qo`llanma va ma`ruzalar matnlari nashr etilgan va ularning elektron variantlari elektron kutubхonaga kiritilgan. “Oliy matematika ” va “Fizika” fanlarida video darslar tayyorlangan. “Tabiiy fanlar ” tomonidan o`quv yili davomida turli хil tadbirlar tashkil qilinadi va universitetda bo`lib o`tadigan tadbirlarda muntazam qatnashib kelinadi.

Ilmiy hamkorlik va хalqaro aloqalar

Kafedraning ilmiy-uslubiy hamkorligi O`zbekiston Fanlar akademiyasi «Matematika» instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Matematika va informatika instituti, Toshkent Davlat teхnika universiteti, Toshkent Davlat tibbiyot akademiyasi, F.Barovskiy nomidagi tibbiyot kolledji, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqa muassasalar bilan bog`langan.

Хalqaro aloqalarimiz Malayziya Putra universiteti, Malayziya хalqaro islom universiteti, Moskva Davlat universiteti bilan bog`langan. 

Kafedra tarkibi:

 Alimov Akrom Akbarovich

 Dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi

 Kafedra mudiri

 Tel.: +998 244 00 78

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati 

 G`ofurov Adham Shukurovich

 Dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi

 Tel.: +998 244 00 78

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 Shojalilov Shog`iyos Shomuratovich

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 244 00 78

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 Sobirov Nuritdin Toshpo`latovich

 Katta o`qituvchi

 Tel.: +998 244 00 78

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top