SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// ///// Tashkent Islamic University Motto

TAVSIYA ETAMIZ

Sharq tillari kafedrasi

    Kafedra Islom tarixi va falsafasi fakulteti tizimida 1999-yil avgust oyida tashkil etilgan. Kafedraning maqsadi va vazifalari- talabalarga arab, fors, o'zbek tillari, epigrafika va arab klassik matnlari fanlaridan ta'lim berish, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, sharq manbalarini o'rganish va filologik tahlil etish, tarjima qilishdan iborat. Kafedrada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda 5 ta fan o'qitiladi. Kafedra professor-o'qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi masofali o’qitish markazida o’z pedagogik malakalarini tizimli ravishda oshirmoqdalar.

 

Kafedra tarkibi

Sharq tillari kafedrasida jami 16 ta professor-o'qituvchilar mashg’ulotlar olib boradilar jumladan, yetuk mutaxassislardan f.f.n.,dotsent A.B.Abdullaev, katta o’qituvchilar t.f.n. R.Matibaeva, t.f.n Z.Shokirova, f.f.n. F.Nizomova, B.Ibragimov, O.Musaev, M.Hasanov, N.Mullasodiqova, o’qituvchilar S.Umarov, N.Nadjapova. Kafedrada 10 ta asosiy,4 ta o’rindosh, 2 ta soatbay o'qituvchi faoliyat yuritadi.

Misr Arab Respublikasi Ta'lim vazirligining volontyor o'qituvchisi Hamdi Abdulhamid ishlab kelmoqda

So'nggi yillarda nashr etilgan va nashrga tayyorlangan kitoblar:

darsliklar:

1.Abdujabborov Abduhafiz. «Arab tili» darsligi (qayta ishlangan nashri) «TIU»2011

2. Hasanov Mirqobil “Kichik sinflar uchun arab tili darsligi” «Nihol»2008

3. Hasanov Mirqobil. «Arab tili darslari»(to’ldirilgan nashri)«Nihol»2012

O’quv qo’llanmalar

1. Abdullaev Abdulhay, Boynazarova Asliya “Toshkent-islom madaniyati poytaхti” (arab tilida) «TIU»2008;

2. Abdullaev Abdulhay “O’zbek milliy taomlari” (arab tilida) «TIU»2008;

3.Abdullaev Abdulhay, Boynazarova Asliya “Misr lahjasi”«TIU»2010;

4.Talabov Eminjon “Arabcha - o’zbekcha cho’ntak tilmochi”.(7ming so’z.) «Movaroaunnahr» 2009;

5. Talabov Eminjon “Arab tilidan o’quv lug’ati” «Movaroaunnahr» 2010;

6. Ibrohimov Bahtiyor “100dan ortiq mavzuda arabcha so’zlashish kitobi” «TIU»2010; 7. Ibrohimov Bahtiyor “O’zbekiston va Umon sultonligi munosabatlari” «TIU» 2010;

8. Aripova Zuhra “Arab tilidan klassik matnlar” «TIU»2011;

9. Niyozov Toshmuhammad, Musaev Omon, Aripova Zuhra “Arab tilidan boshlang’ich kurslar uchun fonetik diktant to’plami” «TIU»2011;

10. Ibrohimov Bahtiyor Arab tili. Uni yaxshi o’rganmoqchi bo’lsangiz. «TIU»2011;

11.Aripova Zuhra “Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishi talabalariga arab tilidan o’quv-uslubiy qo’llanma” «TIU»2012;

12. Abdullaev Abdulhay, Boynazarova Asliya “Ma’naviyat lug’ati”. T.: “Ma’naviyat” 2012.

Ilmiy-tadqiqot ishlar

Kafedra professor-o'qituvchilarining ilmiy maqolalari mahalliy va xalqaro nashriotlarda chop etilmoqda. Muntazam ravishda o’z ma’ruzalari bilan Respublika anjumanlarida qatnashmoqdalar. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borildi hamda “Arab she’riyatida aruz tizimi” nomli doktorlik dissertatsiyasi (E.Talabov), “Misr mamluk sultonligi va unda islom dinining tutgan o’rni” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi (Z.Aripova), “Islom falsafasida dunyoviy va diniy ilmlar uyg’unligi” (A.Boynazarova), “Manaqib Abu Hanifa” - hanafiylik mazhabidagi nodir manba” nomli nomzodlik dissertatsiyasi (R.Matibayva), “Ilk islomda sulhparvarlik tamoyillarining tarixiy-qiyosiy tahlili” (Z.Shokirova) mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra tomonidan muntazam ravishda mash’hur sanalarga bag'ishlangan tadbirlar, "Til bayrami", Navruz bayramlarini xorijiy tillarda talabalar ishtrokida tantanali tadbirlar o'tkazish hayrli an'anaga aylangan.

Universitet yotoqxonasida tashkil etilgan navbatchilikka kafedra ustozlari muntazam qatnashib, u yerda ma'ruzalari bilan chiqish qiladilar.

Kafedra professor-o'qituvchilari universitetda bo'lib o'tadigan xar bir ma'naviy va ma'rifiy ishlarda ishtiroq etadilar.

Kafedrada professor-o'qituvchilari diniy matnlarni arab tilidan o'zbek tiliga va o'zbek tilidan arab tiliga tarjima qilish asosida o'quv qo'llanmalari tuzishmoqda.

Kafedra Toshkent davlat sharqshunoslik instituti , Toshkent islom instituti, Arab davlatlaridagi oliy o'quv yurtlari bilan o'quv-uslubiy ishlarda o'zaro hamkorlik qiladi. Dars o'tish jarayonida texnik vositalar maxsus arab tilidagi disklar, multimediya vositalari, audio-video kassetalar, ijtimoiy-siyosiy gazeta va jurnallardan keng foydalaniladi. Kafedra kelajakda arab tili o'qitish uslublarini o'rgatish markazini tashkil qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

 Abdullaev Abdulhay Baltaboevich

 Dosent, tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 Musaev Omon Dadajonovich

 Katta o`qituvchi, arab filologiyasi

 Tel: +998 71 241 19 14

 Ilmiy faoliyati

 

 

 Matibaeva Raziya Baltabaevna

 Dotsent, tariх fanlari nomzodi

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

  

 Mullasodiqova Nigora

 Tel.: +998 71 244 96 53

 e-mail:

 Ilmiy faoliyati

 

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top