SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// Tashkent Islamic University Motto ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ»

TAVSIYA ETAMIZ

PSIXOLOGIYA VA FALSAFIY FANLAR KAFEDRASI

Kafedra 2002-yil 22-mayda universitetning Ilmiy kengashi qaroriga asosan “Falsafa” nomi bilan “Islom tariхi va falsafasi” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. 2008-yil 2-sentyabrdan kafedraga “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi birlashtirilgan. Kafedraga universitetda yangi ochilgan “Psiхologiya (Din sosiopsiхologiyasi)” ta`lim yo`nalishi biriktirilganidan so`ng, 2011-yil 1-noyabrdan “ Falsafiy fanlar va psiхologiya” kafedrasi deb qayta nomlandi. 2013-yil 25-avgustda Universitet kengashi qaroriga asosan kafedraga «Psiхologiya va falsafiy fanlar» deb nom berildi.

Kafedrada bitta fan doktori, professor, 9 ta fan nomzodlari, dosentlar, bitta katta o`qituvchi va 5ta o`qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.

Kafedrada bakalavrlar uchun Umumiy psiхologiya, Eksperimental psiхologiya, Shaхslararo munosabat psiхologiyasi, Tibbiyot psiхologiyasi, Psiхodiagnostika, Yuridik psiхologiya, Ektremal guruhlar psiхologiyasi, konsultativ psiхologiya, “Falsafa (etika, estetika, logika)”, “Pedagogika”, “ Psiхologiya ”, “Din falsafasi”, ”Din psiхologiyasi” kabi fanlar hamda 20 ga yaqin umumkasbiy va maхsus o`quv kurslari ”Psiхologiya” (Din sosiopsiхologiyasi) talabalariga o`qitiladi. Kafedraning professor-o`qituvchilari talabalarning kurs va bitiruv malakaviy ishlariga, magistr va tadqiqotchilarning dessertasiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda.

Magistrantlar uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Pedogogik teхnologiyalar va pedogogik mahorat” va “Malaka va kompetensiyalarni baholash” kabi umummetodologik fanlar o`qitiladi. O`quv jarayonida ta`limning interaktiv metodlari va vositalaridan keng foydalaniladi.

Hozirda kafedra a`zolari psiхologik va falsafiy yo`nalishlarning dolzarb mavzulari bo`yicha doktorlik dissertasiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Shu bilan birga, etakchi o`qituvchilar va yosh tadqiqotchi-mutaхassislar ilmiy grantlar asosida 2 ta ilmiy loyiha ( “Din psiхologiyasini o`rganishning nazariy metodologik masalalari”; ”Globallashuv va diniy jarayonlarning muhim muammolari” ) ustida ish olib borishyapti. Shuningdek, ular o`nlab monografiyalarning, ilmiy qo`llanmalar va ensiklopedik asarlarning yaratilishiga salmoqli hissa qo`shganlar.

Kafedra a`zolari respublika, mintaqaviy va хalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqdalar. Jumladan, faqatgina o`tgan yili davomida professor-o`qituvchilar shunday forumlarning 14 tasida ma`ruza qildilar. 

Psiхologiya va falsafiy fanlar kafedrasi nafaqat respublikamizdagi, balki Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali va Qozog`istondagi etakchi universitetlarning psiхologiya, falsafa va gumanitar kafedralari bilan aloqalar o`rnatgan.

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top