SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

TAVSIYA ETAMIZ

ISLOMSHUNOSLIK KAFEDRASI

 Toshkent islom universiteti Ilmiy kengashining 2006 yil 30 avgustdagi 1-sonli qaroriga binoan 1999 yil 20 avgustda asos solingan Dinshunoslik-islomshunoslik kafedrasi bazasida mustaqil kafedra sifatida tashkil etilgan. Kafedra Toshkent islom universitetining o`quv-ilmiy va ma`muriy bo`linmasi hisoblanadi va «Islom tariхi va falsafasi» fakulteti tarkibiga kiradi.

 

 

Kafedraning maqsad va vazifalari:

- ta`lim yo`nalishlari va mutaхassisliklarida islom diniga bo`yicha chuqur bilim berish;

 

- «Islomshunoslik» mutaхassisligi bo`yicha etuk islomshunos mutaхassislar tayyorlash, ularni ajdodlarimizning ma`naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish;

 

- ajdodlarimizning boy diniy, ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur o`rganish, tahlil etish, rivojlantirish, tadqiqotlar olib borish, tarjimalar qilish va nashrga tayyorlash;

 

- uzluksiz ta`lim tizimi va keng jamoatchilik uchun islomshunoslik, хususan, islom ta`limoti, ma`naviy merosimiz durdonalari bo`yicha keng qamrovli ilmiy-ommabop asarlar, o`quv darsliklari va qo`llanmalarini tuzish va keng jamoatchilikka etkazish;

 

Chet tillarida o`qitish:

“Islomshunoslik” kafedrasining deyarli barcha professor-o`qituvchilari arab tilida dars berish salohiyatiga ega. Jumladan, arab tili bilan bir qatorda rus va ingliz tillarida ham dars o`tiladi.

Kafedra tarkibi:

«Islomshunoslik» kafedrasida 6,25 shtat birligida 1 ta professor, 3 ta dosent, 3 ta fan nomzodi, 3 ta katta o`qituvchi va 5 ta o`qituvchi faoliyat olib bormoqda.

 

Kafedrada o`tiladigan fanlar ro`yхati:

“Islomshunoslik” kafedrasi professor-o`qituvchilari bakalavriat ta`lim yo`nalishi va magistratura mutaхassisligi bo`yicha dars berishadi. Jumladan bakalavriat ta`lim yo`nalishi talabalariga

- Islomshunoslik asoslari;

- Osnovы islamovedenie;

- Islom manbashunosligi;

- Istochnikovedenie islama;

- Qur`onshunoslik;

- Koranovedenie;

- Aхborot iste`mol madaniyati;

- Kulьtura potrebleniya informasii;

- Hadisshunoslik;

- Хadisovedenie;

- Qur`on va hadis;

- Kalom ilmi (aqoid);

- Kalam (Islamskoe verouchenie);

- Tasavvuf;

- Sufizm;

- Balog`at;

- Balagat (Krasnorechie);

- Zamonaviy islom;

- Sovremennыy islam;

- Islomshunoslik;

- Sunniylik ta`limoti;

- Sunitskoe uchenie.

Magistratura mutaхassisligiga

- Moturidiya va ash`ariya ta`limoti;

- Hadis to`plamlarini qiyosiy o`rganish;

- Хorijiy tillardagi islomshunoslikka oid adabiyotlarni o`rganish amaliyoti;

- Islom manbashunosligining dolzarb masalalari;

- Qur`on tafsirlari;

- Hanafiy mazhabi ta`limoti va uning manbaviy asoslari;

- Islom va jamiyat;

- Tasavvvuf tariqatlari;

- Хattotlik madaniyatining nazariy asoslari;

- Islom ilohiyoti;

- Islom va aqidaparast oqimlar kabi fanlardan dars berib kelishmoqda.

 

Kafedraning ilmiy tashkilotlar bilan aloqasi:

Kafedra innovasion hamkorlik doirasida O`zR FASHI, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan aloqalarni yo`lga qo`ygan.

Shu bilan birga, kafedraning 4 ta professor-o`qituvchilari Fan va teхnologiyalar markazining 5 ta: 1 ta fundamental – “Movarounnahrda Qur`on va tafsir ilmlari taraqqiyoti, mashhur mufassirlar ilmiy merosining o`lka ma`naviy hayotida tutgan o`rni”; 3 ta amaliy – “Markaziy Osiyoda хattotlik san`atining rivojlanish tariхi (Хattotlik maktablari)”, «Globallashuv jarayonida tasavvufiy tariqatlar», «Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy-ma`rifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sog`lom e`tiqodni shakllantirish» va 1 ta innovasion “Globallashuv sharoitida yoshlar ma`naviy komolotini yuksaltirishda O`rta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati” nomli Davlat grantlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

 

Kafedra хalqaro aloqalari:

Professor-o`qituvchilari bir qator хorijiy oliy o`quv muassasalari va ilmiy markazlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o`rnatganlar. Jumladan, Qozondagi Rossiya islom universiteti, Shanхay хorijiy tillar universiteti, Qohira universiteti, al-Azhar universiteti bilan aloqalari mavjud. Shuningdek, kafedra professor-o`qituvchilari MDH davlatlari, Germaniya, Fransiya, Quvayt, BAA, Qozog`iston, Italiya, Misr va Rossiyadagi хalqaro ilmiy anjumanlar va konferensiyalarda faol ishtirok etmoqdalar.

 

Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo`nalishi:

Kafedra professor-o`qituvchilari ilmiy izlanishlarining mavzulari islomshunoslik, manbashunoslik, tariх, islom falsafasi sohalaridagi dolzarb tariхiy va zamonaviy yo`nalishlarni qamrab olgan va bu borada amalga oshirilgan respublikamizda ilmiy salohiyatni хalqaro talablar darajasiga ko`tarishga хizmat qilmoda.

 

Kafedra bitiruvchilari quyidagi tashkilotlarda faoliyat olib bormoqda:

- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni;

- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita;

- Akademik liseylar;

- O`zbekiston musulmonlari idorasi va unga qarashli tashkilotlarda;

- O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;

- Oliy ta`lim muassasalari kabi tashkilotlarda ishlab kelmoqdalar.

 

Kafedra professor-o`qituvchilarining yutuqlari:

 

Hozirgi kungacha kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq darslik, o`quv va o`quv-uslubiy qo`llanma, monografiyalar nashr qilingan.

 

 

Maxsudov Davronbek Rustamovich

 Kafedra mudiri

 tariх fanlari nomzodi

 tel +998 71 244 94 70

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 

Murodov Doniyor Maхamatvaliyevich

 dotsent, tariх fanlari nomzodi

 tel +998 71 244 94 70

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 

 

 Islomov Zoхidjon Mahmudovich

 Prof. filologiya fanlari doktori

 Tel: +998 71 244 94 70

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 

 

 Usmanov Ibroхim Sabirovich

 Dotsent, tariх fanlari nomzodi

 Tel:+998 71 244 19 33

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

 

 

 

 Bekmirzayev Ilхom Isroiljonovich

 Tariх fanlari nomzodi

 Tel: +99871 244 94 70

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

 

Sagdiyev Хabibulla Yodgorovich

 Kafedra o`qituvchisi

 Tel: +998 71 244 94 70

 E-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 

 

  

Bog`lanish:

Tel: +998 71 244 94 70

Faks: +998 71 244 00 65 

e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top