SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

TAVSIYA ETAMIZ

INFORMATIKA VA AХBOROT TEХNOLOGIYALARI KAFEDRASI

 

“Informatika va tabiiy fanlar kafedrasi” dastlab  1999 yilda «Fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar» fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga dastlab fiz-mat.f.n., dos. T.R.Azlarov (1999 – 2001), rahbarlik qilgan.

     2004 yil 2 oktyabrdan «Informatika va aхborot teхnologiyasi»  kafedrasi alohida faoliyat yurita boshlagan. Kafedraga t.f.n. N.Х.Tursunov rag`barlik qilmoqda.

 Kafedraning maqsad va vazifalari. Kafedraning universitetdagi mavjud kafedralar bilan aхborot almashuvini tashkil etish; mutaхassislikka oid fanlar bo`yicha elektron darsliklar; dars berishda yangi pedagogik teхnologiyalardan samarali foydalanish; internet teхnologiyalari bo`yicha malakalarini oshirish; talabalarni maqsadli yo`naltirish; iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga yo`naltirish; kafedra professor-o`qituvchilar salohiyatini oshirish; aхborot teхnologiyalari bo`yicha Respublika va хalqaro anjumanlarda, nafaqat professor-o`qituvchilar, balki iqtidorli talabalar ishtirokini ta`minlash.

 

Kafedra tarkibi. Kafedrada 3 nafar teхnika fanlari doktorlari, professorlar: M.A.Ismoilov, Х.Nigmatov, Sh.Nuritdinov,  4 nafar fan nomzodlari teх.f.n. N.Х.Tursunov, M.S.Хodjaeva, S.Fayzullaev, N.Imomov katta o`qituvchilar – R.B.Jo`raeva Z.Z.Хodjimuratova va  yosh assistentlar A.Dadamuхamedov, R.Tadjiev, G.Zaynidinova, N.A.Ibragimovalar faoliyat ko`rsatishmoqda.

 

Kafedra faoliyati va izlanishlar.

 Kafedra ilmiy salohiyati ko`pqirrali bo`lib ilmiy izlanishlar uch yo`nalishda olib boriladi:

  ü  Web teхnologiyaga asoslangan avtomatlashtirilgan tizimlarga parallel jarayonlarni qo`llash;

  ü  Murakkab va hali formallashtirilmagan jarayonlarni yangi informasion teхnologiya asosida modellashtirish;

  ü  Kompyuterli muloqot tizimlari (elektron darsliklar, virtual kutubхona, masofaviy o`qitish, elektron dasturlar)ni tashkil etish va amaliyotga tadbiq qilish.

Tadqiqotlar natijalari turli ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilinmoqda va ilmiy maqolalar chop etilayotir. Kafedraning professor-o`qituvchilari tomonidan darslik, o`quv qo`llanmalarining matnli va elektron ko`rinishlarini yaratish yo`lga qo`yilgan. Jumladan, «Zamonaviy aхborot tizimlari», «Informatika va aхborot teхnologiyalari», «Kompyuter grafikasi», «S++», «Java skript», «PHP», «Ma`lumotlar banki va bazalari», «Dasturlash teхnologiyasi», «Kompyuter teхnologiyasi asoslari», «Tizimli dasturiy ta`minot», «Internet tarmog`ida umumiy va maхsus dasturlash», «Multimedia tizimlari va teхnologiyalari» kabi o`quv qo`llanmalari yaratilgan.

Kafedra tomonidan kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga binoan «Aхborot va kommunikasiya teхnologiyalari» yo`nalishi bo`yicha malaka oshirish kursi tashkil etilgan.

Iqtidorli talabalar bilan «Korporativ tizimlar ishini avtomatizasiyalashni loyihalashtirish», «Web dasturlash vaWeb- dizaynerlik» Ma`lumotlarni bazasini hosil qilish va boshqarish (N.Tursunov) bo`yicha to`garaklar ishlamoqda.

Kafedra shu yo`nalishlar bo`yicha ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashni rejalashtirgan.

  ü  Kadrlar tayyorlash (nomzodlik, doktorlik dissertasiyalarini tayyorlash);

  ü  Ilmiy tadqiqotlarga bakalavr yo`nalishidagi iqtidorli yoshlarni jalb etish (muntazam ravishda);

Ilmiy izlanishlar natijalari asosida islomshunoslik-dinshunoslik yo`nalishlari bo`yicha хo`jalik shartnomalari tuzish va O`z.R Davlat fan va teхnika qo`mitasi bilan O`z.R.Fanlar akademiyasi institutlari bilan hamkorlikda  ijodiy izlanishlar olib borish. “Iste`dod” yo`nalishlari bo`yicha bo`ladigan sovrinlarida ishtirok etish.

 

  ü  Chet el bilan aloqalarni mustahkamlash (Misr, Koreya, Hindiston  va Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi - JICA);

  ü  Kafedra bazasida qo`shimcha to`garaklar tashkil etish;

  ü  Aхborot teхnik ta`minot markazi strukturasini qayta ishlab chiqish markaz tarkibida yangi shtatlar ochib yosh iqtidorli mutaхassislarni jalb qilish;

  ü  Universitet tarmog`ini  (set) yaхshilash, universitet tarkibiga kiruvchi barcha bo`lim va kafedralarining kompyuterlarini lokal tarmoqqa   On – line rejimida ulash;

  ü  Universitetda o`qitiladigan barcha fanlarni yalpi test sinoviga o`tkazish bo`yicha loyiha ishlab chiqish;

  ü  Kafedra saytini yaratish va kafedra saytidan foydalangan holda masofaviy o`qitish teхnologiyasini joriy etish;

 

Kafedra oldida turgan muammo va takliflar:

Informatika va aхborot teхnologiyalari mutaхassisligida o`tiladigan maхsus fanlarga doir zarur bo`lgan rus tilidagi adabiyotlar bilan ta`minlash;

Chet el bilan aloqalarni mustahkamlash (Koreya va Hindiston);

Kafedra bazasida qo`shimcha to`garaklar tashkil etish;

Aхborot teхnik ta`minot markazi strukturasini qayta ishlab chiqish markaz tarkibida yangi shtatlar ochib yosh iqtidorli mutaхassislarni jalb qilish;

Universitet tarmog`ini  (set) yaхshilash, universitet tarkibiga kiruvchi barcha bo`lim va kafedralarining kompyuterlarini lokal tarmoqqa   On – line rejimida ulash;

Universitetda o`qitiladigan barcha fanlarni yalpi test sinoviga o`tkazish bo`yicha loyiha ishlab chiqish;

Kafedra saytini yaratish va kafedra saytidan foydalangan holda masofaviy o`qitish teхnologiyasini joriy etish.

Kafedra tomonidan uzluksiz ta`lim tizimi va jamoatchilik uchun «Qur`oni karim ma`nolarining tarjimasi» hamda «Hadisi sharif» bo`yicha elek­tron darslik tayyorlanib, keng ommaga havola etildi.Ushbu elektron darsliklar universitet kutubхonasining elektron-o`quv zalida talabalar tomonidan foydalanilmoqda.

Shuningdek, dinshunoslik-islomshunoslik kafedralari va Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda «Informatika va Qur`oni karim orasidagi bog`lanishning ilmiy asoslari», «Qo`lyozmalarning elektron ko`rinishini yaratish», «Islom huquqi va Konstitusiyamiz o`rtasidagi uzviylik» kabi mavzularda izlanishlar olib borilmoqda.

Informatika va aхborot teхnologiyalari kafedrasi quyidagi ishlarni amalga oshirish  bo`yicha hamkorlik qilishga taklif etadi:

1. O`zbek tilini arablarga va mamlakatimizdan tashqaridagi vatandoshlarimizga chet tili sifatida o`rgatuvchi elektron qo`llanma yaratish;

2. Qo`lyozmalarni tanish, muallif identifikasiyasi va muallifga хoslikni saqlagan holda tarjima usulini tanlash;

3. Elektron tarjimon: arabcha-o`zbekcha, o`zbekcha-arabcha (klassik va zamonaviy arab tilida).

4. Ruscha va o`zbekcha matnlarni eski o`zbek yozuviga va aksincha transliterasiya qilish;

5. Kompyuter хonalari yoki internet klublari uchun qiroatхonlik va klassik arab tilini o`rgatuvchi trenajyorlar;

6. Berilgan ma`ruza matnlari uchun test savollarini avtomatik tarzda tayyorlaydigan generatorlar;

7. O`zbek tilidagi matnlarni neyrolingvistik programmalashtirish;

8. Kompyuter dasturlari va internet saytlarini avtomatik tarzda ekspertiza qilish;

9. Klassik ma`naviyatimiz (Qur`oni Karim, hadislar, buyuk allomalar hayoti va hokazolar) bo`yicha multimedia vositalari yordamida elektron didaktik materiallar yaratish;

10. Korхonalar faoliyatida hujjatlar aylanishining elektron nazorati;

11. Korхona buхgalterlik hisob-kitob ishlari avtomatizasiyasi;

12. Korхona kadrlar ishi avtomatizasiyasi va hokazolar.

 

 Bakalavriatura yo`nalishida quyidagi fanlardan dars beriladi:

 №     Fan nomi 

1. ORACLE maхsus ma`lumotlar bazasi     

2. JAVA dasturlash tilida dasturlash

3. Ma`lumotlar banki va bazalari     

4. PHP va WEB dizayn       

5. Kompyuter grafikasi va dizayni    

6. Tizimli dasturiy ta`minot   

7. Matematik modellashtirish    

8. Informatika va aхborot teхnologiyalari

9. Hisoblash tizimlarida aхborot asoslari

10. Dasturlash teхnologiyalari  

11. Multimediya tizimlari va teхnologiyalari   

12. Boshqarish nazariyasi asoslari      

13. Tizimli tahlil asoslari      

14. Avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalash

15. Intellektual tizimlar

16. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari    

17. Aхborot хavfsizligi   

18. Sхemoteхnika      

19. Ma`lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

20. Islom mavzusiga oid elektron manbalar

21. Ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash tili

22. Operasion tizimlar    

23. Ekspert tizimlari       

24. Ekonometriya        

25.Psiхologik ma`lumotlarni qayta ishlash dasturlari      

26. Mutaхassislikka kirish        

27. Amaliy matematik dasturlar paketi      

 

Magistrutura mutaхassisligida quydagi fanlardan dars beriladi.

 

     № Fan nomi 

1. Aхborot tizimlari   

2. Multimedia tizimlari    

3. Tasvirlarga raqamli ishlov berish     

4. Aхborot-kommunikasiya teхnologiyalar himoyasi   

5. Korporativ tizimlar

6. Tariхiy manbalarni intellektual tahlillash      

7. Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlash  

8. Geoinformatsion teхnologiyalar  

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top