SJ News II - шаблон joomla Авто
“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// Tashkent Islamic University Motto ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA

TAVSIYA ETAMIZ

Xalqaro aloqalar

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti 1999-yil ta’sis bo’lgan kunidan boshlab hozirgi kungacha xorijdagi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O’zbekistondagi chet el vakolatxonalari bilan ilmiy-madaniy sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni o’rnatgan.

O’tgan yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida dunyoning turli mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari: jumladan - Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universiteti, Amerika Qo’shma Shtatlarining Sietl shahridagi Vashington nomli universiteti, Indoneziya Respublikasi Xalqaro Davlat islom universiteti, Pokiston Islom Respublikasining Islomobod Xalqaro islom universiteti, Malayziya Xalqaro islom universiteti va Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan ilmiy-madaniy sohalarni rivojlantirishga oid Shartnoma va Anglashuv Memorandumlari imzolangan;

2012-13-yillar davomida Hindiston Moliya instituti, Chexiyaning Markaziy Bohemiya universiteti, Koreyaning Joongbu universiteti, Turkiyaning Gazi Davlat universiteti, AQSHning Vashington universiteti va Koreyaning Yuhan universiteti bilan “Niyatlar Protokoli” imzoladi;

Ikki tomonlama imzolangan hujjatlarga asosan 1999 yildan 2013 yilgacha universitetning 220 dan ortiq professor-o’qituvchilari, talaba, stajyor, aspirant va xodimlari akademik almashinuv yoli bilan Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Malayziya, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Avstraliya, Hindiston, Pokiston, Eron Islom Respublikasi, Avstriya, Daniya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog’iston, Qirg’iziston, Polsha, Saudiya Arabistoni va Kuvayt kabi davlatlarga turli o’quv kurslari, Xalqaro konferensiyalar va boshqa ilmiy anjumanlarga safarlar tashkil etildi.

Shu paytga qadar Toshkent islom universiteti bilan tanishish, hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida dunyoning ko’plab mamlakatlaridan 300 ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi. Ular orasida davlat rahbarlari, davlat arboblari, yetuk olimlar, chet davlatlarning O’zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari bor.

Misr Arab Respublikasi Al-Azhar universiteti Shayxi Muhammad Sayyid At-Tantoviy hamda Germaniyaning Bonn universiteti professori Gudrun Kremerga Toshkent islom universitetining Faxriy doktori unvoni, Rossiyaning Prezidenti Vladimir Putinga Faxriy talaba unvoni berilgan.

O’zbekistondagi Amerika Qo’shma Shtatlari, Kuvayt Davlati, Misr Arab Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi elchixonalari tomonidan universitetning 5 ta sinf xonasi ta’mirlanib, umumiy qiymati 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan zarur mebellar, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan.

Yaponiyaning Maorif universiteti bilan birgalikda Mahmud Az-Zamahshariyning Toshkentda saqlanayotgan dunyoda yagona to’rt tillik “Muqaddamat ul-Adab” asari yuzasidan 3 jildlik ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. Birinchi jild – uning faksimil nashri 600 varaqda; ikkinchi jild – asardagi so’zlikning indeksi 20 bosma taboqda; uchinchi jild – asar bo’yicha nashr etilgan materiallar to’plami 15 bosma taboqda. Loyihani amalga oshirishda universitet professori Zohidjon Islomov, Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi xodimi Hamidbek Hasanov va Yaponiya Maorif universiteti professori Saito Yoshiro qatnashdi.

“Toshkent islom universiteti” ilmiy-tahliliy axborot bulletenida xorijiy soha mutaxassislarining maqolalari nashri yo’lga qoyilgan. Xususan, Moskva Davlat Lingvistika universiteti “Vestnik MGLU”da ikki tomonlama mutaxassislar maqolalarini nashr etish amalda joriy etilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 16 noyabr kuni “Xalqaro tolerantlik kuni” deb e’lon qilingani munosabati bilan Toshkent islom universitetida “Toleranlik – tinchlik va barqarorlik garovi” mavzuida yillik anjuman tashkil etilib kelinmoqda. Mazkur anjuman Din ishlari bo’yicha qo’mita, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, O’zbekiston musulmonlari idorasi, turli diniy kofessiya vakillari va xorijiy elchixona rahbarlari ishtirok etmoqda.

Hozirgi kunda Toshkent islom universitetida Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yo’llanmasi asosida 2 nafar arab tili bo’yicha professor-o’qituvchi talabalarga arab tili fanidan dars berib kelmoqda.Yaponiyaning JICA Xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlik doirasida volontyor professor Kaziyuki Nakao “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasida va Nakasawa Hideki "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasida darslarni olib borishmoqda.

Koreyaning KOICA Xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda informatika va iqtisod o’quv yo’nalishlarini takomillashtirish maqsadida mazkur sohalarda maslahatchi mutaxassislarni 2014 yilda TIUga jalb qilish ko’zda tutilmoqda. 

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o’rinbosari, Ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoyid Ol Nahyanning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlik doirasida, vakolatxona tomonidan Toshkent islom universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan nashriyot-matbaa birlashmasiga 120.000 AQSH dollari miqdoridagi “Listopodborochnыy kompleks” DUPLO SYSTEM 5000PRO (Yaponiya) nashriyot-matbaa uskunasi taqdim etildi. Hozirda uskuna montaj ishlari yakunlandi, to’liq ish jarayonida ishlab kelmoqda.

 Hasanov Hamidbek Saidbekovich

 Хalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i

 tel: +998 71 244 95 93

 e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

 Ilmiy faoliyati

 

 Toshkent islom universiteti

Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i

Hasanov Hamidbek

e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

tel.: +998-71-2449593

faks.: +998-71-2440065

mob.: +998 90 9594353

A.Qodiriy 11, 100011, 

Toshkent, O'zbekiston

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Yangiliklar

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top