SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE

TAVSIYA ETAMIZ

O’quv-uslubiy bo’lim

Toshkent islom universitetning o’quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo’ygan va shu asosda faoliyat olib bormoqda.

O’quv-uslubiy bo’limi universitet ta'lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o’quv hujjatlari bilan ta'minlash, fakultet, kafedralar o’quv ishlarida erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O’quv-uslubiy bo’limi talabalarni zamon talablari darajasida etuk, malakali mutaxasis bo’lib etishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o’quv jarayoniga kiritishga katta e'tibor bermoqda. U O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa oliy o’quv yurtlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

O’quv-uslubiy bo’limining maqsadi:

- Universitet ta'lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat ta'lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta'minlash;

- Universitetda o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

- Universitet fakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

- O’quv jarayonini boshqarishdagi me'yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

- Universitet ta'limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

- Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta'lim jarayoniga tadbiq qilish;

- Universitet professor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;

- Universitetdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etilishini nazorat qilish va umumlashtirib tahlil qilish;

- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini nazorat qilish;

- Universitetda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish

- Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

- Universitet fakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini tekshirish, Ilmiy kengash va rektorat topshirig’i bo’yicha fakultet tadbirlarida qatnashish;

- Fakultet dekanlarini o’quv blankalari bilan ta'minlash.

O’quv-uslubiy bo’limida o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’I M.M Agzamova, nazoratchi G.Xudoyberganova, dispetcher S. Xolmatova faoliyat olib boradi.

 M.Agzamova

O’quv-uslubiy bo’limida o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’I M.M Agzamova,

 Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

Tel.: +998 71 244 24 96

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top