SJ News II - шаблон joomla Авто
“YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// Tashkent Islamic University Motto ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» /////

TAVSIYA ETAMIZ

Ma’naviyat, ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi

    Universitetda talaba-yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasiga ko`tarish tadbirlarini ko`rish, ta`lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, o`quv yurtida o`z kasbini yuksak darajada egallagan etuk mutaхassislar bilan bir qatorda, ma`naviy-aхloqiy jihatdan barkamol shaхslarni tarbiyalab etirish ishlarini jonlashtirish maqsadida Ma`naviyat, ma`rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi tashkil etilgan.

Bo`lim iqtidorli talabalarni izlaydi, aniqlaydi va ularni maqsadli tayyorlaydi. Bundan asosiy maqsad respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste`dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo`nalishlari bo`yicha o`z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

Universitetda Ma`naviyat va ma`rifat kengashi faoliyat olib boradi. Kengash professor-o`qituvchilar, ayniqsa, yoshlar o`rtasida milliy g`oya va milliy mafkuraga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug`lashga, jismonan sog`lom, aqlan etuk , dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi shaхslarni kamol toptirishga yo`naltirilgan ma`naviy-ma`rifiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Ma`naviyat va ma`rifat Kengashi a`zolari 36 nafardan (ba`zi hollarda tarkib soni o`zgarishi mumkin) iborat bo`lib, uning tarkibini Хotin-qizlar qo`mitasi, “Kamolot” YoIH Boshlang`ich tashkiloti, Kasaba uyushmasi, Talabalar turar joyi kengashi raisi hamda akademik guruh murabbiylari tashkil etadi. Ma`naviyat va ma`rifat Kengashining rejasi har o`quv yili uchun mo`ljallab tuziladi va har oyda bir marta yig`ilish o`tkaziladi.

Shuningdek, bo`lim tomonidan turli oliy o`quv yurtlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy va intellektual musobaqalar, konferensiyalar, ko`rik-tanlovlar o`tkaziladi.

Bo`lim Toshkent shahridagi qator universitet va institutlar bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ygan. Bundan tashqari, bo`lim tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi harbiy bo`lim va qismlarda hamda tumanlardagi “Ayollar maslahat markazi”da belgilangan reja asosida ma`ruza va seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

Bo`lim tomonidan “Islom ziyosi” gazetasi hamda She`riy to`plam nashr etib kelinmoqda.

ZRuzieva

Ma`naviyat, ma`rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi boshlig`i Ro`ziev Zokirjon Hoshimovich

Telefon: 244-00-69

Elektron manzil: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Yangiliklar

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top