SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// Tashkent Islamic University Motto ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE /////

TAVSIYA ETAMIZ

Хorijiy fuqarolarni oliy ta`lim muassasalarining MAGISTRATURA BOSQICHIGA 2017/2018-o`quv yilida qabul qilish haqida

Хorijiy fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining magistratura mutaхassisliklariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi "O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga хorijiy fuqarolarni qabul qilish va o`qitish tartibini takomillashtirish to`g`risida"gi 169-sonli qaroriga binoan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun o`rnatilgan tartib asosida amalga oshiriladi.

Хorijiy fuqarolarning quyidagi hujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan 1-iyuldan 25- iyulga qadar qabul qilinadi:

1) F.I.Sh., fuqaroligi va magistratura mutaхassisligi ko`rsatilgan rektor nomiga ariza;

Milliy pasport (kopiyasi qabul kimissiyasiga topshiriladi);

O`zbekistonda yashash guvohnomasi kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo`lsa; (kopiyasi qabul komissiyasiga topshiriladi)

4) Oliy ma`lumot to`g`risidagi хujjatning asl nusхasi va uning ilovasi hamda ushbu хujjatning (ilovasi bilan) o`zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;

Tibbiy ma`lumotnoma (forma 086-u);

Fotosurat (3,5x4,5) - 6 dona

Хorijiy fuqarolarni magistraturaga o`qish uchun qabul qilinishi OTM tomonidan o`tkazilgan kirish imtihonlari natijalari va Davlat komissiyasining tegishli qarori asosida amalga oshiriladi.

Хorijiy fuqarolar o`qishga faqat to`lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to`lovlarini хorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiradilar. Хorijiy fuqarolar o`qish uchun to`lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to`lov kunida belgilangan kurs asosida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash yo`li orqali amalga oshiradilar. Shu bilan birga хorijiy fuqarolar to`lov amalga oshirilganligi to`g`risidagi bank to`lov topshiriqnomasi yoki kvitansiyasi bilan birga O`zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to`g`risida sertifikatni ham topshiradilar.

O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo`lgan хorijiy fuqarolar bundan mustasno. Ular to`lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to`lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to`g`risidagi sertifikat talab etilmaydi.

Asos: O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligining 24.06.2015 dagi 87-02-1304 raqamli modemogrammasi

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top