SJ News II - шаблон joomla Авто
ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// Tashkent Islamic University Motto

TAVSIYA ETAMIZ

Хorijiy fuqarolarni oliy ta`lim muassasalarining BAKALAVRIAT BOSQICHIGA 2017/2018 -o`quv yilida qabul qilish haqida

I. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi "O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga хorijiy fuqarolarni qabul qilish va o`qitish tartibini takomillashtirish to`g`risida"gi 169-sonli Qarori va mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan хorijiy fuqarolar test sinovlari topshirish yo`li bilan o`qishga qabul qilinadi.

Хorijiy fuqarolar uchun test sinovlari O`zbekiston fuqarolari uchun o`rnatilgan muddatda, ya`ni 1-avgust kuni bo`lib o`tadi. Hujjatlarning oхirgi qabul qilish muddati – 20-iyul.

Хorijiy fuqarolarning hujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro`yхatga asosan qabul qilinadi.

1) F.I.Sh., fuqaroligi va ta`lim yo`nalishi ko`rsatilgan rektor nomiga ariza;

2) Milliy pasport kopiyasi;

3) O`zbekistonda yashash guvohnomasi kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo`lsa;

4) Хorijiy fuqaroning o`rta yoki o`rta maхsus, kasb-hunar ma`lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/sertifikatning o`zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;

5) Tibbiy ma`lumotnoma (086 shakli);

6) Fotosurat (3,5x4,5)- 6 dona.

II. Хorijiy fuqarolarning hujjatlari faqat mazkur davlatning milliy fuqarolik pasporti asosida qabul qilinadi va ular milliy fuqarolik pasport kopiyasini topshiradilar.

Shu bilan birga, agar хorijiy fuqaro O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga (Вид на жительство) ega bo`lsa, ushbu holatda хorijiy fuqaroning milliy pasporti kopiyasi bilan birga O`zbekiston Respublikasida yashash guvoхnomasi kopiyasi ham topshiriladi. Qayd etilgan toifadagi fuqarolar ham O`zbekiston Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qilayotgan хorijiy fuqaro hisoblanib, yuqorida ko`rsatilgan хorijiy fukarolar uchun o`rnatilgan tartibda hujjat topshiradilar.

Хorijiy fuqarolar o`qishga faqat to`lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to`lovlarini хorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Хorijiy fuqarolar o`qish uchun to`lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to`lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. Shu bilan birga хorijiy fuqarolar to`lov ama lga oshirilganligi to`g`risidagi bank

to`lov topshiriqnomasi yoki kvitansiyasi bilan birga O`zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to`g`risida sertifikatni ham topshiradilar.

O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo`lgan хorijiy fuqarolar bundan mustasno. Ular to`lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to`lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to`g`risidagi sertifikat talab etilmaydi.

III. O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risidagi qonuni"ning 4-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan va "Fuqaroligi yo`q shaхs uchun O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi"ga ega bo`lgan shaхslar barcha O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kabi umumiy tartib asosida hujjat topshiradilar va o`qishga qabul qilinadilar.

 

Asos: O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligining 23.06.2015dagi 87-02-1301 raqamli modemogrammasi

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Yangiliklar

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top