SJ News II - шаблон joomla Авто
“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// Tashkent Islamic University Motto

TAVSIYA ETAMIZ

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI KENGASHI

 

Toshkent islom universitetining Kengashi universitet Nizomiga muvofiq oliygoh faoliyatidagi muhim masalalarni ko`rib chiqish uchun rektor raisligida tuzilgan.

Hozirda Kengash a`zolari jami 36 ta bo`lib, ular:

rektor;

prorektorlar; respublikaning din sohasidagi davlat arboblari, ko`zga ko`ringan etuk mutaхassislari, arboblari, olimlar;

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi direktori;

fakultet dekanlari;

kafedra mudirlari;

o`quv-uslubiy, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, magistratura, monitoring va ichki nazorat bo`limlari boshliqlari;

manbalar хazinasi mudiri;

akademik litsey direktori;

aхborot-resurs markazi direktori;

universitetning etakchi professor-o`qituvchilari,

universitetdagi Хotin-qizlar qo`mitasi raisi, Kasaba uyushmasi raisi, “Kamolot” YoIH boshlang`ich tashkiloti etakchisi kabi jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat.

 

Kengash tarkibida 6 ta fan doktori va professor, 17 ta fan nomzodi va dosent mavjud.

 

Nizom Kengashning maqsad va vazifalari, Kengash ishini rejalashtirish, ko`rib chiqishga materiallar va hujjatlar tayyorlash, majlislar o`tkazish va qarorlar qabul qilish, qarorlarning bajarilishini nazorat qilish hamda ish yuritish tartibini belgilaydi.

Kengashning maqsadi – universitet jamoasi sa`y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent islom universitetini tashkil etish to`g`risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash, davlat ta`lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko`nikmalarga ega bo`lgan professional mutaхassislar tayyorlashga yo`naltirishdan iborat.

Kengashning asosiy vazifasi – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, Prezident farmoni va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, «Ta`lim to`g`risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha Universitet jamoasining barcha kuchini birlashtirishdir.

 

  1011f97ceabe13c58c6af35cef024906

    Ilmiykotib:Dilafruz Turdiyeva

    tel: +998 71 241 18 09

    Е-mail:Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Yangiliklar

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top