SJ News II - шаблон joomla Авто

LOGO

Bir tunda hazrat Umar quli Aslam bilan birgalikda Madinani aylangani chiqdi. Siror degan joyga yetishdi. U yerda olovni ko‘rib, hazrat Umar: – Aslam, menimcha bu olovni sovuq va qorong‘ulikdan qiynalgan odamlar yoqqan bo‘lsalar kerak. Yur, ularning oldiga boramiz. Ikkovlon borib qarasalar, gulxan atrofida keksa ayol va bir necha bola o‘tirishgan ekan. Bolalar tinmay yig‘lar, kampir esa olov ustiga qo‘yilgan qozonni kovlar edi.

– Assalomu alaykum!

– Vaalaykum assalom!

– O‘tirsam maylimi?

– Yaxshi niyatda bo‘lsang, kel, niyating yomon bo‘lsa, ketaver.

– Biz yaxshilikni o‘ylaydigan va uni yaxshi ko‘radigan odamlarmiz. Hazrat Umar oldinga yana bir-ikki qadam tashladi.

– Ahvollar qalay, xola.

– Qorong‘ulik va sovuqdan qiylanayapmiz.

– Bolalar nega yig‘lashayapti?

– Qorni och ularning. Ochlikdan qiylanishayapti. Ayol haq edi.Qorni ochgan bola yig‘laydi. Hazrat Umar qiziqib:

– Nima pishiryapsiz? Qozondagi nima?

   – Suv qaynatyapman. Faqat suvning o‘zi. Ichida qitirlayotgan narsa esa tosh. Bolalarni, ovqat pishiryapman, deb aldayapman. Bir ozdan keyin yig‘idan charchab uxlab qolishadi.

         Ayol bu gaplarni alam va mahzunlik ichra aytdi, ko‘zlaridan oqqan yoshni ko‘rmagan, hatto gaplariga yaxshi tushunmagan odam ham bu ayol tovushidagi dardni payqamasdan qolmasdi. Bir oz tin olgan ayol gapini davom ettirdi:

– Bir kuni Alloh biz bilan Umar o‘rtasida hakam bo‘ladi.

         Oxirgi gapni ayol yurak tubidan chiqarib aytdi. Hazrat Umar bir qalqib tushdi.

– Xudo xayringizni bersin, Umar ahvolinigizni qaydan bilsin?

    – Amir bo‘lishni, ishimizni gardaniga olishni bilsa-yu, ahvolimiz bilan qiziqmasa, nima qilib xalifa bo‘lib yuribdi? Bir kun kelib, Alloh undan bizning hisobimizni so‘ramaydimi?

– Siz haqsiz, xolajon, haqsiz…

– Ketdik, Aslam, – dedi hazrat Umar.

         Tez-tez yurib Baytul molga yetib kelgan hazrat Umar u yerdan bir qop un va ko‘zada yog‘ oldi.

– Unni ustimga ort, Aslam, –

– Buni men ola qolaman.

– Aytganimni qil!

– Lekin uni men tashishim kerak.

     – Onang seni yo‘qotsin, Aslam! Qiyomat kuni ham mening gunohlarimni gardaningga olib, menga yengil nafas oldirasanmi? Vaqtni o‘tkazma, qopni ort.

         Manzilga yetib kelishgach, hazrat Umar yelkasidagi unni yerga qo‘yib, qozondagi suv va toshlarni to‘kib tashladi. Unga ozgina yog‘ soldi. Keyin hayrat to‘la minnatdor ko‘zlari bilan qarab turgan ayolga:

– Unni sol, men xamir qoraman – dedi.

         Bu safar rostakamiga ham ovqat pishirilayotganini bolalar ham sezardilar. Ayol:

– Xudo haqqi, xalifalikka Umardan ko‘ra sen loyiqroqsan. Alloh rozi bo‘lsin, senga yaxshilik va ehsonlar ato etsin, – der edi.

– Alloh sizga ham yaxshiliklar bersin. Ertaga mo‘minlar amirining oldiga bor. Meni o‘sha yerda uchratasan. Senga yordam berib yuboraman.

– Unday qilolmayman, – dedi ayol. – Borib uning yonida ko‘z yosh qilolmayman. Bolalar ham qorni to‘ygach tabbasum qila boshladi. Ular bir-biri bilan hazil-huzil qilib o‘ynardi. Oxiri uyqulari kelib, bir chekkaga cho‘zilishdi. Hazrat Umar ham o‘rnidan turdi.

         Bir oz yurgach, hazrat Umar Aslamga o‘girildi:

– Ochlik ularning uyqulariga monelik qilgan edi. Men ularning to‘ygani va kulishlarini ko‘rmay ketishni istamadim.

         Ertasiga hazrat Umarning huzuriga kelgan ayol kecha kim bilan uchrashganini fahmladi:

– Siz kecha holimizdan xabar olgan o‘sha kishimisiz? Nega kimligingizni aytmadingiz?

– Muhimi Umarni tanishingiz emas, ehtiyojingiz qondirilishidir. Alloh madadkoringiz bo‘lsin!

 

Ahmad Lutfiy “Hazrat Umar ibn Hattob roziyallohu anhu”

asaridan

Alisher Madrahimov tayyorladi

Read 195 times Last modified on Premte, 19 Janar 2018 09:22
Share this article

banner tiu

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top