SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Biz muvaffaqiyatli insonlarning o‘z sog‘liqlari haqida qayg‘urishlari va doimo yaxshi ko‘rinishga harakat qilishlarini eshitamiz va guvoh bo‘lib kelamiz. Ammo, ularning ichki dunyosi, dunyoqarashi va hayotga yondashuvlari haqida ko‘p narsalarni bilmasligimiz aniq. Muvaffaqiyatli insonlar o‘zlarining tabiatan tirishqoq, mard va irodali bo‘lganliklari tufayli havas qilsa arzigulik darajalarga yetganliklarini ta’kidlab o‘tamiz. Bu ma`lumot bilan esa, biz muvaffaqiyatli insonlarning hayotiy misol va kechinmalariga tayangan holda quyidagi 10 ta qoidani keltirish niyatidamiz.

       Eslatib o‘tamiz, bu muvaffaqiyatga eltuvchi shiorlar, faqatgina kuchli insonlargagina xos. Siz bu fazilatlarning qay biriga egasiz?

  1. Qilgan ishiga pushaymon bolmaslik: Sizga yaxshi ma’lumki, ruhan kuchli insonlar o‘zlarining hayotlaridan nolimaydilar, barcha narsani qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishadi. Bunday turga kiruvchi insonlar qilmishlarining oqibatiga va undan keladigan har qanday natijaga tayyor turishadi.
  2. Taslim bo‘lmaslik: Bunday insonlar boshqa kishilar oldida o‘zlarini yomon yoxud nohaq his qilmaslikka ya’ni bir so‘z bilan aytganda bo‘sh kelmaslikka harakat qiladilar. Ular juda qiyin vaziyatlarda ham o‘zlarini ruhan boshqara olishadi.
  3. O‘zgarishlardan qo‘rqmaslik: Bunday insonlar o‘zgarishlarni har doim quchoq ochib kutib olishadi. Ular yangiliklardan qo‘rqishmaydi. Zero, ular qo‘rqishi mumkin bo‘lgan narsalar bu mag‘rurulik, o‘ziga o‘ta darajada ishonch va sustlikdir.
  4. Nazorat qila olmaydigan narsa haqida qayg‘urmaslik: Bunday odamlar ko‘chadagi tirbandlikdan, navbatda turishdan yoxud shu kabi kundalik vaziyatlardan asabiylashishmaydi. Sababi, ular bu kabi holatlar ularning nazoratiga bog‘liq emasligini juda yaxshi tushunishadi.
  5. Kechirimli bo‘lish: Bizga ma’lum ko‘plab buyuk shaxslar o‘zlarining kechirimliliklari va haqqoniyliklari bilan e’tibor qozonishgan. Zero, kechirimlilik faqat kuchlilarga xos o‘ta noyob fazilat.
  6. Tavakkalchilik: Kuchli salohiyatli insonlar eng qiyin vaziyatlarda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymasdan oxirgi imkoniyatdan foydalanib tavakkal qila oladilar.
  7. 7. O‘tmishni ortga tashlash: Muvaffaqiyatli inson o‘tmishi haqida bosh qotirmasdan hozirgi kunida yashaydi va kelajagi haqida qayg‘uradi.
  8. Xatolardan cho‘chimaslik: Ko‘plab ixtirochilar hayotidan bizga ma’lumki, ular maqsadga erishish yo‘lida ortga chekinmasdan, ko‘ngildagidek natijaga erishmaguncha bo‘sh kelishmaydi va umidlarini so‘ndirishmaydi.
  9. Hasaddan yiroq yurish: Kuchli insonlar boshqalarning yutuqlaridan quvonib ularning quvonchiga sherik bo‘la olishadi.
  10. Tezkor natijaga umid qilmaslik: Muvaffaqiyatga qadar bo‘lgan yo‘lning naqadar uzoq va mashaqqatli ekanligi yolg‘iz shuni boshidan o‘tkazgan insongagina ma’lum. Sababi ular, sabr qilishni va har qanday vaziyatda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaslikni  juda yaxshi biladilar.

Sarvar Qahhorov,

magistrant 

Read 114 times Last modified on Hene, 11 Dhjetor 2017 17:10
Share this article

  2018 yil Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili

 

 

 

 

 

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top