SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy, adabiy uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Toshkent islom universitetida ham qator adabiy, ma'rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilib, davlat arbobining shaxsi va xotirasiga nisbatan talaba-yoshlar qalbida hurmat va ehtirom shakllantirildi.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi kabi davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Sharof Rashidov – davlat va jamoat arbobi” mavzuidagi navbatdagi ilmiy-ma'rifiy anjuman ham buning yorqin ifodasidir.

Anjumanni ochib berish uchun ilk so‘zni olgan Toshkent islom universiteti rektori, professor R. V.Abdullayev jamoat arbobi haqida gapirar ekan, jumladan, Sharof Rashidovsiz milliy tariximiz va adabiyotimizni tasavvur etib bo‘lmasligi, uning xalqparvarlikka, bunyodkorlikka qaratilgan ulkan ishlari har qancha tahsinga va hurmatga sazovor ekanligi va ezgulikka yo‘g‘rilgan bu umr yo‘li - yosh avlod ma’naviy hayotida namuna, ibrat bo‘lib xizmat qilishini aytdi. 

Tadbirda olimlar, professorlar, soha mutaxassislari hamda uning zamondoshlari so‘zga chiqib, davlat arbobi Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, uning bunyodkorlikka qaratilgan ulkan ishlari haqida hayotiy voqealar, qiziqarli ma'lumotlar asosida to‘lqinlanib gapirdilar. Xususan filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov, siyosiy fanlar doktori Vahob Qo‘chqorov, islomshunos olim Abdulhamid Tursunov, tarix fanlari doktori  Qahramon Rajabov, tarix fanlari nomzodi Shuhrat Ergashev, sotsiologiya fanlari doktori,  professor A.Qahhorov, katta o‘qituvchi Asror Muzaffarovlar Sharof Rashidovning  juda murakkab va og‘ir yillarda mamlakatimizni boshqarishdagi beqiyos salohiyati, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnati,  milliy adabiyotimiz  rivoji yo‘lidagi yorqin ijodiy faoliyatiga alohida e'tibor qaratdilar.

So‘ng “O‘zbekiston” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan  Sharof Rashidovich Rashidovning munavvar xotirasiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.  Ma'ruzalarda Sharof Rashidovning qishloq xo‘jaligining yuksak marralarga ko‘tarilishi, cho‘l zonalarining o‘zlashtirilishi, magistral yo‘llar qurilishi, gidroelektr stansiyalar, yangi sovxozlarning tashkil etilishi, Toshkent metrosining qurilishi, zilziladan katta talofat ko‘rgan poytaxtning tanib bo‘lmas darajada qayta tiklanishi, anjuman saroylari, sanoat va savdo markazlari, O‘zbekistonning baynalminal respublikaga aylanishida bu  ulug‘ arbobning unutilmas mehnati samarasi yotgani asosli dalillar bilan yoritib berildi.

Tadbir davomida xalqimizning otashqalb farzandi hayoti, ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimotining o‘tkazilishi universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan iliq kutib olindi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan tarix fanlari doktori, professor S.Agzamxodjayev: “Sharof Rashidovich O‘zbekistonni juda og‘ir va murakkab yillarda boshqargan o‘z yurtining sevimli farzandi, barchamiz uchun ustoz, dono jamoat va davlat arbobi, taniqli yozuvchi, ajoyib insoniy fazilatlar sohibi va oddiy kamtarin inson sifatida xotiramizda boqiydir” deya ta'kidladi. Shuningdek, Sharof Rashidovning o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilgan otashqalb inson ekani, uning chorak asrlik boshqaruv davrida millatimizning farovonligi avvalgi asrlarga qiyosan ancha yuksalgan davr hisoblanaganiga alohida e’tibor qaratdi.

“Biz bugungi tadbir orqali millatimizning sodiq farzandi, ulug‘ bobomiz Sharof Rashidov hayoti va faoliyati haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldik. O‘ylaymanki, a’lo baholarga o‘qishimiz va  ijtimoiy faolligimiz bilan shunday buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lamiz”- deydi Toshkent islom universiteti talabasi Antonina Zaripova.

Shuningdek, anjuman doirasida “Sharof Rashidov – davlat va jamoat arbobi” mavzusida esselar va “Sharof Rashidovning ijtimoiy va ijodiy faoliyati” mavzusida slayd-taqdimotlar tanlovlari o‘tkazilib, ularda g‘olib bo‘lgan talabalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash lozimki, Toshkent islom universitetida ushbu tadbirlarning uzviy davomi sifatida o‘zbek davlatchiligi, ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, shuningdek, davlat va jamoat arboblari faoliyatiga bag‘ishlangan musobaqa va tanlovlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan va bu jarayon bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

         Ishtirokchilarda tassurotlarga boy bo‘lgan ushbu ilmiy-ma’rifiy anjuman yoshlarimizni o‘tgan ajdodlariga ergashgan holda ularga munosib izdoshlar bo‘lib yetishiga xizmat qila oldi, deyishimiz mumkin. 

Ayni paytda, o‘tzaliyatgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar zamirida, xalqparvar shaxs, davlat arbobi va ijodkor inson – Sharof Rashidov shaxsi va xotirasiga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tibor yotadi.

N.Nasrullayev,

 Toshkent islom universiteti “Tarix” kafedrasi mudiri

S.Saidjalolov,

Toshkent islom universiteti ISESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi

Read 72 times Last modified on Merkure, 15 Nentor 2017 13:15
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top