SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

O‘zga tilda sayrasa gar bolamiz,

Goho o‘yga berilamiz, tolamiz?!

 

Bunda ayb qidirmagin bolangdan,

“Bayu, bay” deding, kechib o‘zing allangdan.

 

O‘z tilingdan bolang hazar qilsa gar,

O‘zgadan “Bil!”  degan talab?!( Alhazar!)

 

Falonov Pismadon Palonchiyevich,

Pistonov Falonchi Po‘kinchiyevich.

 

 “...-ov”, “...-ov”u “...-yev”, “...-yev”u

                      “...vich”u“...vich”u“...vich”.

Bo‘lganmi nasab-u zotimizda hech.

 

“F.” nuqta-yu, “I.” nuqta-yu “O.” nuqta.

Qachongacha boshda turar bu no‘xta?!

 

Otu zotu nasabimiz bilmasmiz?!

Bilsak hamki nazarga yo ilmasmiz?!

 

O‘zining qadriga yetmasa  inson,

O‘zganing qadriga yetishi  gumon.

 

Ismining sharafin tuzmasa odam

Sharafning “sh”siga yeturmi bir dam?!

 

Ushbuni yozdim bir o‘kinch tufayli,

Toshkechiklik Omonulla To‘xtaoxundo‘g‘li,

Universitet o‘qituvchisi

Read 197 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top