SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

 An’ana – o‘tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan-avlodga o‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviyat qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa an’analar bor. An’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli an’analarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Muaayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosim va boshqalar an’ana sifatida namoyon bo‘ladi[1]. Afrikaning diniy marosimlari qadimgi mahalliy aholining ishonch va amaliy e’tiqodlariga asoslangan. Mashhur olimlar Andrev Long, arxiyepiskop N. Soderblom va uning otasi Smid Vienna Afrikaning diniy marosimlarini o‘rgangan va ular 1965-yilda “Ibtidoiy dinlarning udumlari’’  deb atalgan kitob yozishgan. Diniy mutaxassislar Afrikada Xristianlik aqidalaridan ko‘ra, missionerlik g‘oyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishgan. Shu orqali Afrikaning diniy marosimlarini yaxshiroq anglashgan. Olimlar Afrikaning diniy marosimlari uyushmasining g‘oyalari tizimidan ham o‘rinli foydalanishgan. Atoqli olimlar R. S. Rattray,  P. A. Talbot, A. B. Ellis va S. S. Farrov  Afrika davlatlariga borib, o‘sha yerlik aholining tili va bilimini o‘rgangan. Hattoki, ba’zi marosimlarga qatnashib, aynan tub yerli aholidan marosimlarni o‘rganishgan. R. S. Ratray “Gana davlatining san’ati va dini” 1927-yil, P. A. Talbot “Janubiy Nigeriyaning urf-odatlari” 1926-yil, A. B. Ells “G‘arbiy Afrikaning marosimlari tarix” 1894-yil, S. S. Farrov “Urug‘-qabila dinlari e’tiqodlari” 1926-yil deb atalgan asarlar yozishgan. Ayni vaqtda Afrikaning diniy marosimlariga ergashuvchilar Afrikaning butun aholisi sonining 20% ini tashkil qiladi. Afrikada diniy marosimlarning shakllanishida Xristianlik va Islom dinining nazariyalari ham asosiy o‘rinni egallaydi. Xristianlik va Islom dini marosimlariga 50% Benin, Botsvana, G‘arbiy Afrika Respublikasi, Keniya,  Liberiya, Togo, Zambiya, Mozambik, Togo, Malavi, Mali, Namibiya, Zimbabve,  49% dan 30% gacha Burundi, Kameron, Chad, Kongo, Gabon, Gana, Madagaskar, Mali, Namibiya, Janubiy Afrika, Tanzaniya, va Uganda  29% dan 10%  gacha Angola, Gambiya, Niger, Nigeria, Sudan, 10% dan kamroq Eritreya, Somali, Ekvatorial Gviniya, Senegal, Somali amal qiladi[2]

Janubiy Afrikada yashovchi odamlar guruhi ko‘pchiligiga 1500 yillar oldin G‘arbiy va Markaziy Afrikadan “diniy an’analar” atamasi kirib kelgan. Afrikaning diniy marosimlari juda qiyin deb aniqlangan.Shuning uchun bu dinlarni aniq qilib tasvirlab bo‘lmaydi. Chunki bu yerda mavjud bo‘lgan dinlar bir dona emas. Ko‘p olimlar ibtidoiy dinlar animizm, fetishizm, irim-sirimlarga ishonish, sehrgarlik, nasl-nasabga sig‘inish, majusiylarga oid terminlar xususida noto‘g‘ri fikr hosil qilishgan. Shu sababli Afrikaning diniy marosimlari noto‘g‘ri tushunilgan. Marosimlarga e’tiqod qiluvchilar marosimlarni nazariy jihatdan o‘rganishdan ko‘ra amaliy bajarishni afzal bilishgan.Afrikaning diniy marosimlari  ko‘pchiligi og‘zaki aytishuvlarga asoslanadi. Afrikaning diniy marosimlari to‘g‘risida qog‘ozlarda bitilmagan. Xalqning diniy marosimlari to‘g‘risida odamlarning og‘zaki fikrlari, og‘zaki tarixlari, urf-odatlari , diniy buyumlari, ziyoratgohlar, ilohiy joylar, san’at va ramzlar, musiqa va raqs, rasmiy tantana va bayramlar, odamlarning ismi va joylari, maqol, topishmoqlar, rivoyatlar ma’lumot beradi. Bu diniy an’analar qonun-qoidalarga rioya qilmaydi. Madaniy an’analarga ham taqalmaydi. Diniy marosimlar bir avloddan keyingi  avlodga o‘tadi. Katta yoshdagilar o‘zidan keyingi avlodning diniy marosimlarni to‘liq bajarishiga ishonadi.

Afrikaning diniy marosimlarida nasl-nasab muhim o‘rin tutadi. Bu hodisa hattoki, to‘y marosimida, tug‘ilish,  o‘lishda,  yo‘qotishda, shuningdek, ishga kirishda va universitetni tugatishda ham muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, diniy marosimlarga obro‘li mehmonlar taklif etiladi.Marosimda sigir, qo‘y yoki jo‘ja so‘yiladi. So‘yilishdan maqsad marosimga taklif qilinganlarni nasl-nasabini anglatadi. Keyin ular to‘planib duo qilishadi. Afrikaning diniy marosimlariga e’tiqod qiluvchilar nasl-nasab ularning yashayotgan qarindoshlariga ruhiy aloqa vositasida o‘tishiga ishonishadi[3].

Afrikaning diniy marosimlari dunyodagi boshqa e’tiqodlarga o‘xshamaydi. Chunki marosimlarda ustun bo‘lmagan tamoyil ilgari suriladi. Shunday qilib, ular aniq bo‘lmagan mohiyat va hodisalarga ishonishadi. Ularning ishonchlari asosida miflarning kelib chiqishi, ma’budalarning hozir bo‘lishi asosiy o‘rinni egallaydi. Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimiy kurtaklaridan biridir. Miflar – asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bo‘lgani, yer, osmon, yulduzlar, yil fasllarning almashinuvi, hayotning tugashi va yangilanishi, qor, bo‘ron, zilzila, tog‘ ko‘chkilari, yer ustidagi va ostidagi, daryo, dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning o‘zaro bog‘liqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini, ibtidoiy, xayoliy poetik, falsafiy, hamda allegorik – majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan. Umuman olganda, asotiriy tasavvurlarda turli xalqlarning qadimiy,  o‘rta asrlardagi va hozirgi e’tiqodlari aks etgan bo‘lib, ularni o‘rganmay turib, na diniy e’tiqod, na xalq marosimlari va urf-odatlari, tarixi, madaniy taraqqiyoti haqida gapirish amrimahol. Shu ma’noda aytish mumkinki, kishilik tarixiy taraqqiyoti davomida har bir xalqning o‘z qarashlari, ma’naviy ehtiyojlari miflarda aks ettirilgan va u bevosita shakllanayotgan tafakkur va tasavvurlarning o‘ziga xos ifodasidir. Demakki, ularda qaysidir darajada hayot falsafasi, jamiyat va tarixiy taraqqiyot mohiyati mavjud. Har bir xalq turmush tarzi, o‘ziga xosligi, an’analari umumiy tarzda bo‘lsa-da, insoniyat orzu umidlari, maqsadlari miflarda o‘z ifodasini topgan[4]

Afrika miflarda aytilishicha, qachonki  o‘lim vaqti kelganda  inson tanasini ruh tark etadi.  Afrika mifologiyasi o‘limni egasiga qarab  buyuk ruhni ajratadi. Ba’zi miflarda aytiladiki, inson yaratilgan vaqtda o‘lim uning iziga tushadi va inson bo‘lib shakllanganda o‘lim insonning ichiga kirib oladi deb fikr yuritishadi. Insonlarning qilgan gunohlari tufayli o‘lim  dunyoga tez-tez kelib turadi, deb aytishgan. Diniy marosimlarda duo qiluvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular qo‘llarini pastga uzatib duo qilishadi. Ko‘pchilik duo aytuvchilar duolarni yoddan aytuvchi va  qobliyatli insonlar bo‘lishadi. Bular ichiga kiradi : kohinlar, din peshvolar, qirollar, rahbarlar, oilaning kattalari, diniy guruhni uyushtirgan boshliqlar. Qobiliyatli insonlar orqali duolar yoddan aytiladi.  Duo qiluvchilar  xudoga aql bovar qilmaydigan darajada bo‘lish,  nasl-nasabli bo‘lish, sog‘lik va boylik so‘rab, kasallikdan tuzalish, muvaffaqiyat qozonish, muvaffaqiyatli ish so‘rab duo qiladi. Ular xudoga xursandchilik bilan  tasanno, madh, rahmat aytib duo qilishadi. Afrika diniy marosimlari kosmogoniyaga asoslanadi. Odatda kosmogoniya insonlarning paydo bo‘lishi, yaralishini tasvirlaydi. Afrika dinlari mifologiyasining mohiyatini borliq, tabiat va dunyonining tuzilishi tashkil etadi.  Afrikaning diniy marosimlarida oliy xudo tushunchasi ham mavjud. Aksariyat e’tiqod qiluvchilar aynan unga sig‘inmaydi. Jamiyatdagi ba’zi insonlar oliy xudoga ergashadi va undan nasl-nasab so‘rashadi. Insonlar o‘zlariga muhtojlik sezishganida, qurg‘oqchilikda, epidemiyalarda, butun jamiyatga tahdid bo‘lganda, oliy xudoga murojaat etishadi[5].

         Shimoliy Tanzaniyada yashaydigan Masai jangchilari kirib kelayotgan yoshini nishonlash uchun “sakrash raqsi” marosimini bajaradi. Masai chorvador – podachilari oliy va yomg‘ir xudoga e’tiqod qiladi. Yer va osmon yorilishidan xavfsiz saqlaydi deb  diniy marosimlarda hamma chorvadorlarga  hadya berishadi. Baganda aholisining xudo deb bilgan qahramonlaridan biri Vanga hisoblanadi.  Yer yuzidagi xudolar osmon xudolaridan ko‘ra pastroq  turadi deb ta’kidlashgan. Marosimlarda yerdan boshlab osmongacha quyosh bir marta aylanib chiqadi. Osmon ustidagi qirol Vanga deb atalgan.  Da’vat qilingan paytda  u ko‘tariladi va osmonning joyini ko‘tarib qayta quradi deyilgan. Afrika diniy marosimlarida tumorlar, tilsimlar, muqaddas joylarning ahamiyati beqiyos kattadir. Foydalaniladigan urf-odat joylari va narsalari Afrika diniy marosimlarini tushunishga borib taqaladi.  Urf-odat buyumlariga tumor va xudolarning haykallari kiradi. Urf-odat buyumlari inson qo‘li bilan yasaladigan predmetlardir. Muqaddas joy buyumlari, kichkina tumorlar va tilsimlar diniy qudratga ishonishga olib boradi. Bu narsalar juda ko‘p uslubda ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Diniy tumor va tilsimlar jamoaviy yoki shaxsiy tartibda ishlab chiqariladi. Diniy narsalar  xudoning haykali yoki niqobi  diniy mavzular yoki san’at orqali tasvirlanadi. Diniy narsalarni foyda olishni maqsad qilganlar chiqarishadi. Chunki diniy tumorlar, tilsimlar, xudolarning haykallari va niqoblari diniy bezaklar orqali o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin deb hisoblashgan[6].

Insoniyat tarixida din bo‘lmagan davr ham kechganligini fan isbotlab bergan. O‘sha vaqtlarda hech kim hech qanday dinga e’tiqod qilmagan, hech bir diniy urf-odat bajarilmagan. Ibtidoiy odamlar murda tez kunda chirib ketishini bilmay, turli rasm-rusum, bid’atlarga berilib, marhumning yoniga qavmu qarindoshi tomonidan bir necha kunga yetadigan oziq-ovqat va zaruriy buyumlar qoldirib, murda ustini chala-chulpa yopib ketganlar yoki uni qayiqqa solib dengizga oqizib yuborish, yerni kavlab ko‘mish, daraxt shoxlari ustiga yoki ko‘tarmaga chiqarib dafn etish, kuydirib kulini sovurish, yoki maxsus idishga solib, uyda saqlash, jasadni tutunda dudlash  yoki go‘shtdan tozalangan suyaklarni maxsus quti ( ossuariy) ga solish kabi dafn marosimlarini qo‘llaganlar. Keyinchalik esa, sag‘ana qurib joylashtirish kabi udumlar paydo bo‘ldi.[7]

Xulosa qilib ta’kidlash joizki, Afrikaning diniy marosimlari bir-biridan o‘zining qiziqarli tarzda o‘tishi bilan ajralib turadi. Shu sababli, olimlar uchun bu sohani o‘rganish murakkab va qiziqarli jarayon hisoblanadi. Afrikada  urug‘-qabila dinlarining va yangi kirib kelgan dinlarning alohida-alohida diniy marosimlari mavjuddir. Afrika xalqning diniy marosimlarini o‘rganish bizga ushbu xalqning tarixini va madaniyatini atroflicha bilishga xizmat qiladi.

 

Dilsora Boltayeva,

  “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-kurs talabasi 

 

[1] O‘ZME.Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil

[2]African traditional Religion. This article was produced for South African History Online on 08-february-2017

[3] http://members. members. aol. com/ porchfour/ religion/ african.htm

[4] Narzulla Jo‘rayev. Tarix falsafasining nazariy asoslari. Toshkent. Ma’naviyat.2008.B - 133

[5] E.G. Parrinder, African Traditional Religion, London, 1954.

[6] Aloysius M. Lugira. African Traditional Religion. 2009.

[7] T.Toshlonov. Miliy va Diniy urf- odalar. Toshkent. O‘zbekiston. 1986. B-18

Read 386 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top