SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

2017-yil 4-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetiga dunyoning 190 dan ortiq mamlakatlari a’zo bo‘lgan eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan millatlar tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalalariga mas’ul delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur nufuzli delegatsiya tarkibi Birlashgan millatlar tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi muhtaram Ahmad Shahid janoblari, Birlashgan millatlar tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha Oliy boshqarma komissari xodimi Chian Yuy Lim xonim hamda  Birlashgan millatlar tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha Oliy boshqarma komissarining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi milliy dasturlari koordinatori Erkin Isakulov janoblaridan iborat.

Nufuzli delegatsiya a’zolari Universitetning yangi ma’muriy-o‘quv binosiga tashrif buyurdilar. Binoning kirish qismida tashkil etilgan “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi tomonidan chop etilgan diniy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarda nashriyotda chop etilgan shayx Abdulaziz  Mansurning “Qur’oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri” kitobi qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, shu zalda mashhur xattot Habibullo Soliyev tomonidan tashkil etilgan “Sehrli yozuvlar tilga kirganda” ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Unda amaliy san’at darajasidagi yozuv namunalari namoyish etildi va mehmonlarga sharq allomalarining ibratli bayti tilla xal bilan yozilgan lavha taqdim etildi. Tashrif chog‘ida mehmonlar universitetning qadimiy qo‘lyozmalari va eski bosma nashrlari saqlanayotgan Manbalar xazinasi  bilan ham yaqindan tanishdi. Xazinada saqlanayotgan hazrati Usmon mushafining teriga yozilgan nodir qo‘lyozmasi, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov universitetga sovg‘a qilgan mashhur faqih Burhoniddin Marg‘inoniy qalamiga mansub  XIII asr boshlarida ko‘chirilgan “Hidoya” asarining nodir qo‘lyozmasi va boshqa noyob asarlar mehmonlarni hayratga soldi. Delegatsiya a’zolari Toshkent islom universitetining mo‘’tabar mehmonlari kitobi bilan ham tanishdi.

Ma’lumki, Toshkent islom universiteti Toshkent shahrining qadimiy markazlaridan biri hisoblanmish Shayxontohur dahasida joylashgan. Mazkur daha o‘zining qadimiy yodgorliklari bilan mashhur. Mehmonlar hozirda salobat bilan shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan mutasavvif olim Shayx Xovandi Tohurning XIV asrga oid maqbarasi, XV asrda bunyod etilgan To‘labiy va  Yunusxon maqbalarini ziyorat qildilar.

Mehmonlar universitet faoliyati bilan juda qiziqtilar va professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, talabalar bilan uchrashdilar. Jumladan, universitetda yangi ochilgan “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish AYSESKO kafedrasi” da rahbariyat, kafedra a’zolari va yetakchi olimlar bilan qizg‘in ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi, mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq, asosli javoblar oldilar, uchrashuvdan o‘ta mamnun bo‘ldilar. Shuningdek, mehmonlarning universitet talabalari bilan ham uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a’zolari Toshkent islom universitetiga tashriflaridan mamnun bo‘ldilar va mazkur ilm dargohida dars berish istaklari paydo bo‘lganligini ham bildirdilar.

Z.Islomov,

universitet professori

Read 490 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top