SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

///// Tashkent Islamic University Motto ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ»

Ko‘p konfessiyali O‘zbekistonning global diniy makonda tutgan o‘rni va unga ta’sir etuvchi ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash, mustaqillik yillarida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlar solnomasini ishlab chiqish, mazkur soha  rivojlanishining o‘ziga  xos  xususiyatlarini tadqiq etish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Zero, O‘zbekiston mustaqilligining 26 yili mobaynida barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Xususan, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalarda keng aloqalar bog‘lash, millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘plab xayrli va ezgu ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning nomi, u kishining oqilona siyosati bilan bog‘liqdir.

Bugungi kunda turli siyosiy kuchlar tomonidan diniy omildan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishning yangi usul va vositalarining qo‘llanilishi diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm muammolarining chuqurlashib borishiga olib kelmoqda. Shu jihatdan, ko‘p konfessiyali O‘zbekistonning global diniy makonda tutgan o‘rni va unga ta’sir etuvchi ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash, mustaqillik yillarida diniy sohada, shuningdek, millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlarni tahlil qilish, mazkur soha  rivojlanishining o‘ziga  xos  xususiyatlarini tadqiq etish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

O‘rta Osiyo hududida qadim zamonlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar yashab kelgan. Turli mamlakatlar bilan aloqalarning o‘rnatilishi mahalliy aholi diniy va ma’naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o‘zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa, diniy bag‘rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan.

Buxoro yahudiylari va xristian jamoalari mintaqa aholisi bilan shu darajada uyg‘unlashib ketganlarki, ularning so‘zlashuvi (shevasi), kiyimi, ovqati, urf-odatlari, musiqiy madaniyati va yashash tarzida mintaqa aholisiga xos elementlar paydo bo‘lgan. Tarixiy murakkab jarayonlarni xalqimiz boshqa dinlar vakillari bilan birgalikda boshidan kechirar ekan dinlararo bag‘rikenglik borasida ulkan tajriba to‘plab borgan. XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan nochor ahvoldagi o‘zga din va millat vakillariga musulmon aholi har tomonlama yordam ko‘rsatgani haqida ham tarixiy dalillar mavjud. Ushbu ma’lumotlarda mahalliy aholi bechora ko‘chmanchilarga hamdardlik bilan mehribonlik ko‘rsatmaganda, ularning ko‘pchiligi ocharchilik va muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lar edi, deb aytiladi. Yurtimizda o‘zga dinlarga nisbatan sabr-bardoshlilik, tushunish, insoniylik jihatdan yordam ko‘rsatish kabi bag‘rikenglikka tarixdan yana ko‘plab misollar keltirish mumkin. Shu o‘rinda Abu Nasr Forobiyning: “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi asos insoniylikdir, shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga birlashganliklari tufayli o‘zaro tinchlikda yashamoqlari lozim”, - degan fikrlari buyuk faylasufning ijtimoiy hamkorlikni jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi omillardan biri, deb hisoblaganini anglash imkonini beradi.

Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Din odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da'vat etadi. Jahondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi deb hisoblaydilar. Ular insonning yashashdan asl maqsadi – bu dunyoda xayrli, savob ishlar qilib, boqiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson xayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish o‘z aksini topgan. Diniy manbalar odam o‘ldirmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, yolg‘on guvohlik bermaslik, odamlar orasini buzmaslik kabi insonparvarlik va bag‘rikenglikka undovchi g‘oyalarni targ‘ib qiladi. Diniy bag‘rikenglik vijdon erkinligi va ma’naviy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yoki dinga hurmatni bildiradi. U turli din va konfessiya vakillari e’tiqodida xilma-xil aqidaviy fikrlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning yonma-yon va o‘zaro tinch-totuv yashashini taqozo etadi. Har qanday ko‘pmillatli, ko‘p dinli davlatda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik, jamiyatdagi barqarorlik va taraqqiyotga mustahkam zamin yaratuvchi, uning istiqbolini belgilab beruvchi omillardan hisoblanadi. O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va dinlararo murosa borasida olib borilayotgan ishlar nafaqat MDH davlatlariga, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo‘lgan emas, u uzoq tarixga ega. “Respublikada tolerantlikni mustahkamlash borasida xristian konfessiyalari, ayniqsa, pravoslavlar aholida diniy bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelmoqdalar. Jamiyatda dinlararo nizo va murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan missionerlik harakatlarining oldini olishda faol qatnashmoqdalar. Ularning xalqaro anjumanlardagi ma'ruzalari dunyo jamoatchiligini mamlakatimizda e’tiqod erkinligi hamda millatlararo va dinlararo totuvlikni ta'minlashda amalga oshirilayotgan islohotlardan boxabar qilmoqda”.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ko‘plab tarixiy manbalar O‘zbekiston - ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o‘lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo va dinlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishda orttirilgan o‘ziga xos tajriba jahon xamjamiyati tomonidan e'tirof etilmoqda. Diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismiga aylandi. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon berdi. Bu tajribalarni atroflicha tadqiq qilish hamda O‘zbekistonning yutuqlarini jahon hamjamiyati oldida targ‘ib etish mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

Mahfuza Alimova,

Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi, t.f.n.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

  1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: Abdulla Qodiriy, 1993. - B. 186.
  2. Ibragimov E.F. O‘zbekistonda xristian konfessiyalari faoliyati va ularning diniy bag‘rikenglik an'analari shakllanishida tutgan o‘rni: Tar.fan.nomz. ... diss. avtoref. - T.: TIU, 2010.
  3. Архиепископ Владимир. …А друзей искать на Востоке. – Т.: 2000.
Read 131 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top