SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi, bu so‘zlarni birma-bir tilga olishimiz bilanoq ko‘z o‘ngimizda aziz va mo’tabar zotlar gavdalanadi. Bu zotlar bilim maskaniga ilk bor qadam qo‘yganimizda qo‘limizdan mahkam tutgan, birinchi marta bizga qalam tutqazgan, cheksiz, beg‘ubor mehrini ayamagan, bizni to‘g‘ri yo‘ldan qoqilmasdan o‘tishimizga ko‘maklashgan insonlar bo‘ladi. Mana shu mo’tabar zotlar so‘lim bir bog‘ yaratgan bog‘bonga qiyoslanadi. Shu bog‘dagi nafis g‘unchalar va ulardan ochilajak gullar biz, ya’ni o‘quvchilar, talabalar, kelajak egalaridir. Bog‘bon qanchalik gullarni mehr bilan parvarishlab, obod qilsa, ustoz, murabbiylar ham o‘z o‘quvchilarini yuksak cho‘qqilarga erishishga tilakdosh bo‘ladi. Shuning uchun ham ustoz va murabbiylarimiz juda katta hurmat-ehtiromga sazovordirlar. Ularni hurmat qilish esa, bizning burchimizdir. Bu burchni ado qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni bajarishimiz lozim.

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning aziz ustozlarimizga bag‘ishlangan “Ustoz” she’rida mana shunday misralar bor:

Bormi murabbiydan baxtliroq inson,

Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.

Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,

Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!

Bu misralarda juda katta ma’no bor. Haqiqatdan ham bizning qadrdon ustoz-murabbiylarimiz biz o‘quvchilari doim bilimga chanqoq bo‘lganimiz va oldinga intilganimiz sari bizdan yanada ko‘ngillari to‘q bo‘lib, juda baxtli insonga aylanishadi. Mana shu paytda ulardan baxtliroq insonni topib bo‘lmaydi. Chunki ular bizni o‘z farzandlaridek ko‘rib, mehr beradilar. Biz uchun ular ikkinchi ota-onalarimizdir.

     Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo‘lining beminnat charog‘bonidir” degan hikmatli so‘zlarini eslaylik. Bunday yuksak va haqqoniy baholar yoshlarni jismoniy va ma’naviy yetuk, barkamol insonlar etib o‘stirish, voyaga yetkazishdek ezgu va mas’uliyatli ishni o‘z zimmasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz sha’niga munosib ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Ko‘z nuri, qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, bir so‘z bilan aytganda Vatanimizni ertangi kunini poydevorini yaratayotgan ustozlarning olijanob mehnatlari oldida qancha ta’zim aylasak, shuncha kam.

1-oktabr – shu aziz insonlarga bag‘ishlangan kundir. Shu kuni faqat ular uchun tabrik so‘zlari yangraydi, qo‘ynilari gul-u lolalarga to‘ladi, yuzlarida esa, tabassum, shodlik ufurib turadi. Albatta, shogirdlarning bu kabi e’zozu ardog‘i, hurmati ular mashaqqatli mehnatining hosilidir.

Qadrli ustozlar, qalblarga ilmu ma’rifat nurlarini sochishdek xayrli ishlarda kuch-quvvat tilaymiz! Ayyomingiz, muborak bo‘lsin!

Nozima Qodirova,

universitet talabasi

Read 549 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top