SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Bir savol bor, javob yo‘q andak,

Dil o‘rtanur bajarish chun farzimni.

Oyo mening qalbim uchun aziz, jondek,

Qanday qaytarayin, ayting, qarzimni.

 

Sanar edim: bir kulbam butun dunyo,

O‘zgartdingiz  fikr, qarash, tarzimni.

Tuproqni fazodan ko‘ryapman go‘yo,

Qanday qaytarayin, sizga qarzimni.

 

Garchi qulochlarim yetmas osmonga,

Garchi anglamayman niyoz, nazrimni.

Lek borimni bergum ilmi posbonga,

Qanday qaytarayin, sizga qarzimni.

 

Bu fursat ham ustozimdin kutgum javob,

Bayon etgum sizga nola, arzimni.

Boshim egib, poyingizni qilgach tavof,

Qanday qaytarayin, ayting, qarzimni.

Nilufar Salomova,

universitet talabasi

Read 614 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top