SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

«ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// Tashkent Islamic University Motto

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ona Vatanimiz ozodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida umrini baxshida etgan yurt o‘g‘loni sifatida tariximizda o‘chmas iz qoldirdi. Islom Karimov zukko iqtisodchi va mohir siyosatchi bo‘lishi bilan birga o‘tkir qalam sohibi ham edi.

Islom Karimov asarlarida xalqning tashvishi va orzu-istaklari va insonlarni og‘irini yengil qilish bilan bog‘liq yechimlar, odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etilganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlash mumkin.

Shu bilan birga, yurtboshimiz o‘z asarlari va dolzarb masalalar yuzasidan qilgan chiqishlarida fuqarolarning din va e’tiqodi bilan bog‘liq huquq va erkinliklari, yurtimizda diniy qadriyatlarni qayta tiklanishi davlat va din munosabatlarini tartibga solinishiga ham alohida e’tibor qaratgan: “Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo‘lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz. Shu bilan birga, fuqarolarimizning e’tiqod erkinligini qonun asosida ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Ammo biz dindan siyosiy maqsadlar va har qanday yovuz niyatlar yo‘lida foydalanishga mutlaqo qarshimiz. Bizning bu masaladagi yo‘limiz aniq va qat’iy: din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilsin”[1].

O‘z navbatida, Islom Karimov O‘zbekistonning dunyoviy davlat sifatida diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatining muhim prinsiplarini ham ko‘rsatib bergan edi. Unga ko‘ra:

- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zaruriyati;

- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik[2], O‘zbekistonning dasturul amal siyosati hisoblanmog‘i lozim.

Ta’kidlash kerakki, ushbu prinsiplar davlat va din o‘rtasidagi munosabatning umumdemokratik prinsiplari bilan hamohang deyishga to‘la asos mavjud. Haqiqatan, bugungi kunda dunyoviy davlat dinga erkinlik beradi, ammo dinning davlat ishlariga aralashishiga, siyosatga qarshi xatti-harakatlar uyushtirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har kim xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda shuni aytib o‘tish joizki, vijdon erkinligi fuqarolarning huquq va erkinliklari tizimida alohida o‘rin tutadi.

Islom Abdug‘aniyevich islom dinining muqaddasligi, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini ham ko‘p bor takrorlaganlar. Jumladan, Islom Karimov bu masalaga alohida e’tibor qaratib: “Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz... Dinga hurmat va e’tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir”[3], degan edi. Shu bilan birga, yurtboshimiz islom dinining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etib, islom kishilarimiz turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib ketganini aytib o‘tgan edilar. Jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan nutqida “Tariximizning eng fojiali, eng og‘ir damlarida ham, mustabid tuzum changalida bo‘lgan paytimizda ham, bizni dinimizdan ayirishga, unga xiyonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hech qachon o‘z islomiy e’tiqodidan qaytmagan”[4], deya ta’kidlagandi.

Ko‘rinib turibdiki, Islom Karimov o‘z asarlari va nutqlarida mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy sohalar – ta’lim-tarbiya, ilmu fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport tizimini izchil rivojlantirish bilan birga davlat va din munosabatlari, muqaddas dinimizni sof holda asrab-avaylash va uni xalqimiz birdamligi, millatlaro totuvlikni ta’minlashdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratganlar.

Shunday ekan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning g‘oyat muhim va hal qiluvchi masalalar o‘rtaga qo‘yilgan asarlarini mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar, oliy o‘quv yurtlarining talabalariga o‘quv qo‘llanmalar tarzida taqdim etilishi yoshlarimizning diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlikda o‘rganish, yurtimizda olib borilayotgan siyosatni to‘g‘ri anglab yetish va Vatanga munosib farzandlar sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

    Shukurullo  Jo‘rayev,

Toshkent islom universiteti o‘qituvchisi

 

[1] Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-j. - T.: “O‘zbekiston”, 1999. – B. 300.

[2] Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: “O‘zbekiston”, 1997. – B. 43.

[3] Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2000. – B. 26.

[4] I.Karimovning Imom Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan nutqi. // O‘zbekiston ovozi. 1998. 24-oktyabr

Read 52 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top