SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Mustaqilikka erishganimizdan so‘ng turli sohalarda tub islohotlar o‘tkazila boshladi. Ijtimoiy hayotimizda kechayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar oila, bog‘cha, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, institut va universitet kabi ta’lim maskanlarida qadam-baqadam amalga oshirilmoqda. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy yangilanishlarning markazida milliy g‘oya, milliy mafkura va milliy tarbiya masalalari turadi. Ana shu jihatlarning ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik mohiyatini ochib berish, yangi, milliy-zamonaviy tarbiya texnologiyalari asosida shaxsning intellektual rivojlanishiga ijobiy ta'sir o‘tkazish bugungi kunda fan oldida turgan psixologiyaning muhim masalalaridan biridir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham o‘z kitoblarida “Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq manfaatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liq”[1] degan fikrni ilgari surgan edi.

Mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning asosida shaxs kamoloti masalasi alohida o‘rin tutadi. Chunki jamiyat taraqqiyoti shaxsning kamol topishi bilan uzviy bog’liqdir. Shaxsning komilligi uning xarakteri, qobiliyati, faoliyati va ijtimoiy munosabatlari kabilarda o‘zini namoyon etadi. Shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni insonning kamolot dinamikasida o‘rganiladi. Aynan shuning uchun ham insonning ijtimoiy mohiyatini namoyon qiluvchi omil sifatida shaxs kamolotini olish mumkin. Shaxs tushunchasi psixologiya fanining ham ob’yekti, ham sub’yekti hisoblangani uchun ham ushbu fanda o‘rganilishi lozim bo‘lgan barcha muammolar shaxs masalasini o’rganish asosida hal qilinadi.

Jahon psixologiyasi fanida shaxs to‘g‘risida bir qancha nazariyalar, yondashuvlar mavjud bo‘lsada, nafaqat inson kamoloti balki shaxsni yaxlit o‘rgata oladigan umumiy bir fikrga kelingani yo‘q. Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalari shaxsning u yoki bu jihatlarini yorita oladi xolos. G‘arb psixologlarining qarashlarida inson kamoloti ontogenetik nuqtai nazardan muayyan, qat’iy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiq qilingan.  Lekin o‘zbek olimlaridan psixologiya fanlari doktori professor E.G‘oziyev komil inson kamolotini quyidagi bosqichlarga bo‘lishni taklif etadi[2].  Ular: murtaklikdan oldingi davr (ya’ni xomila paydo boO‘zbekistonlishidan oldingi); murtaklik (embrional) davri, odam (individ), inson, shaxs, sub’yekt, komil inson davrlaridan iboratdir. Ushbu davrlardan muvaffaqiyatli o‘tib, komillik darajasiga erishgan shaxsni komil inson deb atab, unga quyidagicha ta’rif beriladi: “Kamolot yoki taraqqiyot konsepsiyalarida asosiy masala sifatida shaxs hukm surishining motivatsion jabhalarining qay yo‘sinda ilk bolalikdan to yetuklikkacha, undan keyin keksalik davri mobaynida o‘zgarish qonuniyatlari, mexanizmlari qo‘yiladi”[3]. Bundan kelib chiqadiki, shaxs kamoloti butun umr davomida shakllanib boradi.

Shaxs komilligiga qo‘yiladigan talablar hamma davrda turlicha bo‘lgan. Lekin ularning barchasini birlashtirib turadigan komillik mezoni shaxs o‘zining jamiyatdagi boshqa odamlardan ajralib turadigan ijobiy xulq-atvori, xarakter xususiyat, qobiliyat, umuman, individualligini namoyon qila olgani bilan xarakterlidir. Shuning uchun ham shaxs kamolotini namoyon qiluvchi omil sifatida individuallikni kiritish mumkin. Individuallik - shaxsning mukammal ko‘rinishidir. Lekin barcha shaxs ham individuallik darajasiga yeta olmaydi. Individuallikka erishish uchun shaxs boshqalardan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarini muvaffaqiyatli namoyon qila olishi kerak. Individuallikni namoyon qilgan shaxslarni mashhur yozuvchi, sportchilar timsolida ko’rishimiz mumkin. Hamma shaxs ham o‘zi qonuniyatlaridan foydalangan holda individuallikni namoyon eta olmaydi. Individuallik organizm, individ va shaxsni o‘z ichiga oladi. Bundan kelib chiqqan hold,a individuallikni shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologik xususiyatlari birikmalarining qaytarilmasligidir, deyish mumkin. Shaxsning individualligi – uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o‘xshashlarning yig‘indisiga bog‘liq. Har bir odam o‘zi mansub bo‘lgan sinf, millatiga xos, ko‘pgina umumiy sifatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, o‘zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu sifatlar uni takrorlanmas individuallikka aylantiradi. Olamda bir xil kishi yo‘q. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda o‘z individualligini namoyon qila olgan shaxsni komil inson, deb atash mumkin.

Tasavvuf ta’limotida inson nafsi “Men” ini, fe’l-atvorini tarbiyalash va uni sayqallashga e’tibor qaratiladi. Uni ichki ruhiy kechinmalarini bir maromda bo‘lishini ta’minlovchi taraflarini o‘rgatadi. Tasavvufda inson nafsi uchga bo‘linadi: “Nafsul ammora”, “Nafsul lavvoma” va “Nafsul mutmai’nna”. Psixologiyadagi “Men” tasavvufchilar aytgan “Nafs”ligiga isbot tariqasida professor E.G‘oziyevning ushbu fikrini olsak, “Har qaysi insonda hukm suruvchi “Men”likning “Men emas”likdan ajratishga intilish “o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini ifodalash, kimligini kashf etish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘ziga-o‘zi ta’sir o‘tkazish singari jarayonlarda” ontogenetik hayotning dastlabki taraqqiyot pallasidan, bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash davrigacha davom etib, o‘zini-o‘zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi”[4]. Undan tashqari, “Libido”, “Ego Men” va “Kayvoniy Men” tushunchalari yuqoridagi nafs darajalarining in’ikosidir. Libido – nafs al-ammora, Ego Men – Nafs al-lavvoma va Kayvoniy Men – nafs al-mutma’inna bu kabi o‘xshashliklar faqatgina Men va nafs o‘rtasida to‘xtab qolmaydi. Shaxs yo‘nalganligi ekstroversiya, introversiya va neyrotizmga ayni o‘xshash nazariya Miskvayh tarafidan keltirilgan Nafs quvvatlari quyidagicha:

Nafs quvvatlari:

Fikr quvvati          G‘azab quvvati          –  Shahvoniy quvvat     

Kayfiyatlar: Fikr quvvati –  G‘azab quvvati         –  Shahvoniy quvvat;

Nomlari: Istilo (g‘oliblik),       Makr,         Ta’avvur (hovriqish), Fisq-fujur      E’tidol (o‘rtacha),  Hikmat,       Shijoat,       Iffat  

Nuqson       Balo-musibat       Jubn (qo‘rqoqlik) Xamud (o‘chirish)        

Ekstroversiya – e’tidol, introversiya – Istilo va neyrotizm – nuqson Miskvayh darajalari islom ta’limotiga asoslangan nafsning yo‘nalganligini, insonning qanday yo‘nalganligi tasavvuf tomonlama yoritilgan. “Tasavvuf - inson kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi ilm. Bu tushuncha komil inson konsepsiyasida aniq ko‘zga tashlanadi. Inson uchun qayg‘urish, uning ma’naviy kamolotini o‘ylash tasavvufning doimiy o‘zak masalasi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash so‘fiylarni ko‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki qarama-qarshi kuch – rahmoniy va shaytoniy quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi sifatida shayton fitnasini yengib, rahmoniy fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Insonning hayotdagi o‘rni, jamiyat bo‘lib yashash tartiblariga ham shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi, ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning tabiatidagi salbiy, hayvoniy kuchlarni mavh etishdan boshlash kerak, deb tushuntiradi”[5]. Yana shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishni joiz deb bilganimiz psixologiyani ham tadqiqot obektlaridan asosiysi bu “Men”, “Nafs” bo‘lganidek, Tasavvufning ob’yekti “Nafs”,“Men”dir.

Bu ikki xil fan deganda ular faqat bir-birini to‘ldirishi mumkin, degan fikr ilgari surilmoqda. Falsafiy jihatdan ham barcha fanlar o‘zaro bog‘liq, ular umumiy bilim degan so‘zda mujassamdir, faqatgina fanlar turli yo‘nalishlarga va bo‘limlarga bo‘linishi mumkin. Tasavvuf aslida qalb va amal birligi halollikka, birdamlikka chorlovchi ilm. Uni o‘rganadigan bo‘lsak, u psixologik tarzda insonni ichki muammolardan, inqirozlardan xalos etishi mumkin. Insonni mukammallikka safarbar etib, jamiyatga va atrofidagilarga e'tiborli hamda o‘z faoliyatini masu’liyat bilan bajaradigan shaxs bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa hozirgi kunimiz va ertangi taraqqiyotni yangicha bo‘lishiga xizmat qilishi, barkamol avlod tarbiyasi, saviyasini oshishiga turtki bo‘ladi. Demak, tasavvuf biz aytayotgan psixologiya ya’ni muqaddas Islom dinimizning asrlar davomida shakllangan psixologiyasi ekanligi, uning zamonaviy psixologiyadan farqli jihati, uning predmeti bilan o‘lchanadi. Uning ob’yekti ruh, lekin unda ruhni tadqiq qilish emas, balki uni tarbiyalash va sayqallashni targ‘ib qiladi. Insonni holati hamda o‘zligini anglashga o‘rgatadi.

Xulosa qilib aytganda, shaxs komilligiga yetishishda muntazam o‘z ustida ishlashi (o‘z-o‘zini nazorat qilishi va o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalanishi) o‘ziga xos psixologik xususiyatlaridan bo‘lmish xarakter xususiyatlarini tarbiyalashi, qobiliyatlarini namoyon qilishi lozim. Komillikka erishish esa kishi ruhiy holatini yaxshilanishiga, o‘z qobiliyatlari, emotsional intellektini to‘g‘ri baholay olishi va individuallik darajasiga erishishiga yordam beradi.

  1. Xaydarxo‘jayeva,

Toshkent islom universiteti magistranti

 

[1] I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.  Т: “Маънавият”,  2008. – B. 77

[2] E.G‘оziyev, B.Хаsanоv. Psixologiya muammolari. Т: 1999.

[3] Bаrkamol shaxsni shakllantirish muammolari – O‘zМU nashriyoti. Ilmiy maqolalar to‘plami. E.G‘оziyev – Barkamol shaxs nazariyalari. 8-bet . Тоshkent. 2015.

[4] E.G‘oziyev.  Umumiy psixologiya. –Т -2010. – B.71

[5] N.Коmilоv. Таsavvuf  . –Т  – 2006. – B.135.

Read 478 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top