SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

///// Tashkent Islamic University Motto ///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK”

O‘tgan asrning 90-yillaridan buyon globallashuv, texnika, texnologiyalar, intellektual salohiyatlar asri kabi bir qator atamalar paydo bo‘ldi. Darhaqiqat, hozirgi XXI asrni haqli ravishda taraqqiyot asri, deyish mumkin. Avvallari, barcha sohada bo‘lganidek, fiqh sohasidagi muammolar, turli masalalarning shar'iy yechimi yakka tartibda faqihlar tomonidan hal etib kelingan.  

Hozirga kelib, zamon o‘zgarishi, hayot kechirishning murakkablashishi, fan va texnikaning taraqqiyoti kabi omillar o‘ziga yarasha munosabatni taqozo qila boshladi. Endi dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlarni yakka shaxslar yoki mahalliy muassasalar orqali qamrab olish qiyinlashdi. Xususan, bu o‘zgarishlarga shariat bo‘yicha munosabat bildirish, ular haqida to‘laqonli fatvolar chiqarish murakkablashdi. Bu va bunga o‘xshash boshqa omillar faqihlarning birgalashib ish olib borishlarini talab qilardi[1].

Yuzaga kelgan vaziyatga javob o‘laroq islom ulamolaridan iborat turli fiqhiy tashkilotlar tuzila boshlandi. Bu ilmiy muassasalarga ko‘zga ko‘ringan faqihlar a’zo bo‘ldilar.

Hozirda faoliyat ko‘rsatib turgan mana shunday tashkilotlar “Islom fiqhi akademiyalari” deb yuritiladi. Jumladan, mazkur fiqhiy tashkilotlarning ba’zilari quyidagilardir:

1) Xalqaro islom fiqhi akademiyasi. “Islom hamkorlik tashkiloti qoshidagi Xalqaro islom fiqhi akademiyasi”dir. Qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan[2].

Akademiyani tashkil etilishidan maqsad zamonaviy hayot muammolarini o‘rganish, ular haqida faol va asl ijtihod qilib, Islom ilmiy merosiga asoslangan va uning taraqqiyotidan kelib chiqqan yechimlarni taqdim qilishdir. Shuningdek, fiqhiy usuliy merosni va xilof kitoblarini yangilash, tadqiqotchi faqihlar va shariat ulamolari uchun manbalar taqdim qilishdan iborat.

Jiddadagi Islom fiqhi akademiyasi Musulmon mamlakatlari rahbarlarining uchinchi oliy kengashida, Makka shahrida 1981-yilda tashkil etilgan. Xalqaro Islom Fiqhi akademiyasining ta’sis qurultoyi Makkai Mukarramada 1983-yil 7-9-iyun kunlari bo’lib o’tgan. Xalqaro Islom Fiqhi akademiyasining birinchi majlisi 1984-yil 19-22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda Xalqaro islom fiqhi akademiyasining nizomi va rejalari ishlab chiqildi, tashkiliy masalalar ko‘rildi. Kotibiyat kengashi va rejalashtirish, ilmiy tadqiqotlar hamda fatvo sho‘’balari tuzildi. Xalqaro islom fiqhi akademiyasining yillik majlislari qator davlatlarda bo‘lib o‘tmoqda. Ularda bugungi kunning muhim masalalariga oid muammolar atroflicha o‘rganilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda; 

2) Fatvo va ilmiy bahslar bo‘yicha Yevropa majlisi. Fatvo va ilmiy bahslar bo‘yicha Yevropa majlisi mustaqil ixtisoslashgan ulamolar guruhi tomonidan tashkil etilgan hay’at. Uning qarorgohi Irlandiyada joylashgan. Fatvo va ilmiy bahslar bo‘yicha Yevropa majlisining ta'sis uchrashuvi Britaniyaning poytaxti London shahrida 1997-yil 29-30-martda bo‘lib o‘tgan. Mazkur uchrashuv Yevropadagi Islom tashkilotlari birligi bo‘lib o‘tdi va unda majlisning asosiy nizomi loyihasi ishlab chiqildi;

3) Hindiston islom fiqhi akademiyasi. Hindiston islom fiqhi akademiyasi 1989-yilda ta’sis etilgan. Qarorgohi Hindiston poytaxti Nyudehli shahrida joylashgan. Unga (marhum) qozi Mujohid Islom Qosimiy asos solgan. Akademiya bosh kotibi Shayx Xolid Sayfulloh Rahmoniy;

4) Misrdagi Islom tadqiqotlari akademiyasi. Ushbu akademiya dunyodagi eng qadimiy Islom fiqhi akademiyasi. Fatvolarning birlashishi va yangi paydo bo‘lgan muammolarni hal etish maqsadida islom olamining barcha tomonidan kelgan turli ulamolarni o‘z ichiga oladi. Musulmon xalqlari uning fikridan foydalanadi. Ushbu akademiya shubhasiz, ishonchli manbalar asosida qarorlar chiqaradi [3].

Azhari universitetidagi Islom tadqiqotlari akademiyasi shar’iy taftish qilish bo‘yicha ish olib boradi, tasnif etilgan kitob yoki Misrda sodir etilgan qonunlarning islom shariatiga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Unga “Azhar shayxi” boshchilik qiladi.

Azhar dorulfununi shayxining missiyasi va xayriya tarmoqlari ko‘p bo‘lib, Misr va uning tashqarisidagi hayotda, xoh u siyosiy, xoh ijtimoiy yoki da’vatga taalluqli bo‘lsin, faol ta’siri va katta o‘rni bor.

Islom tadqiqotlari akademiyasi 1961-yildagi Azhar universitetining rivojlantirish xususidagi 103-sonli qonunda bayon qilinganidek, yirik ulamolar o‘rnini bosish maqsadida tashkil etildi. O‘sha qonunda keltirilishicha, ushbu akademiya Islom tadqiqotlari uchun oliy hay’at bo‘lib, unga Azhar shayxi raislik qiladi[4].

F.Boyxonov,

Toshkent islom universiteti magistranti

 

[1] Мuhammad Sоdiq Мuhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar vа kitоblаr. "Sharq". Тоshkent, 2011. – Б. 260.

[2] Sаudiya Аrabistonida bundan tashqari Islom fiqhi аkademiyasi mavjud bo‘lib, u Islom оlami robitasi qoshida tashkil etilgan.

[3] www.fiqhacademyorg.sa

[4] Мuhammad Sоdiq Мuhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar vа kitоblаr. "Sharq". Тоshkent, 2011. – Б.265.

Read 115 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top