SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Xalqning da’vosiga haqiqat bila qarasang, hech kishi aql rostlik va juvonmardlik bila yolg‘on da’vo qilmag‘usidur. Nedinkim bu uch sifatga ega bo‘lmag‘on hech kishi yo‘qdur. Ammo odatning tundlig‘i (shiddatlig‘i, g‘azabi) va xiralig‘i (dahshatli qorong‘ulik) xalqning asli yo‘lini bog‘lab qo‘yadi. Inson asli barcha ilmni o‘rgana oladi.

Ey farzand, bilg‘ilki donishlar aql va juvonmardlikdin alfoz bila jasadsiz bir necha surat yasabdurlar. Bu suratlar tan, jon, havos va maoniy suratidur. Debdurlarki, bu suratning tani – juvonmardlik, joni – rostlik, havosi – donishmandlik, maoniysi – safodur. Bu suratlarni xalqqa taqsim qildilar: bir guruhga tan tegdi, o‘zga narsa yetmadi, bir guruhga tan, jon, havos va maoniy tegdi. Tan yetg‘on guruh iyorlar va sipohiylardurki, xaloyiq ularga juvonmardlar deb ot qo‘ydilar; tan va jon yetg‘on guruh zohirda ma'rifat sohibidurlarki, xaloyiq ularga yolg‘on ma'rifat deb ot qo‘ydilar; tan, jon va havos yetg‘on guruh hukamo, anbiyo va avliyodurlarki, xaloyiq ularga g‘oyat donishmand deb ot qo‘ydilar; tan, jon, havos va maoniy yetg‘on guruh farishtalardur va ularga juvonmardlik nasib bo‘ldi.

Juvonmardlik asli uch narsadur: biri ulkim, aitg‘on so‘zingni o‘zing qilsang, ikkinchisi ulkim, rostlikka xilof qilmasang, uchinchisi ulki, xayr ishini ilgari tutsang. Odamdag‘i qolg‘on barcha sifatlar bu uch narsaning ostidadur.

***

Ey farzand, agar senga mushkul bo‘lsa, men bu uch sifatni tadbir bila, bu qavmning har biriga martaba va andozasiga loyiq taqsim qilurman. Bilg‘il, juvonmardlik va iyorlik shunday kishiga sazovordurki, bir qancha hunari bo‘lsin. Bu hunarlardin biri: jasur, mard, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo‘lmoq bo‘lsa, yana biri ulkim,. o‘z manfaatin ko‘zlab asirlarga ozor bermasa, bechoralarga madad yetkursa, yomonlarning yomonlig‘ini yaxshilardin yiroq tutea, rost so‘z aytsa, o‘z tanidin dod bersa, yaxshiga yomonlik yetkurmasa, ziyondin omon tutsa, odamlarga ziyon-zarar yetkurmasa, yaxshi qarag‘ilki, bunday shplarning ham oxiri ul uch sifatga vobastadur.

Ey farzand, jahd qilki, har qanday sifatga ega bo‘lsang ham oldinni ko‘radig‘on bo‘lg‘il va juvon mardlikka yaqin bo‘lg‘il, toki jahon ahlining yaxshisi bo‘lg‘aysan.

Agar juvonmardlik yo‘lida yurmoq tilasang, hamisha uch narsani ko‘zda tutgil: ko‘zni yomon nazardin, qo‘lni yomon ishdin va tilni yomon so‘zdin saqlashni. Uch narsani do‘st va dushmanga ochiq tutg‘il: uy eshigini, sufra boshini, hamyoningning bog‘ichini.

***

Rostgo‘ylikda o‘zing shuhrat qozong‘il, tokim biror vaqt zarurat yuzidin yolg‘on so‘z desang qabul qilg‘aylar. Har so‘z desang ham rost deg‘il va lekin yolg‘onga o‘xshag‘on rostni demag‘ilkim, rostga o‘xshagan durug‘ durug‘ga o‘xshag‘on rostdin yaxshidur, nedinkim ul durug‘ maqbul bo‘lar, ammo ul rost maqbul bo‘lmas.

***

Omonatga xiyonat qilmagil, omonatni kimyoyi zar debdurlar. Rostgo‘y bo‘lg‘il, olam moli rostgo‘ylikka vobastadur. Ko‘shish qil, to firib yemagaysan va hazar qil, to firib bermag‘aysan.

***

 Ey farzand, agar sen juvonmardlardek harakat qilmoq tilasang, dastlab juvonmardlik nima ekanligin va uning qandog‘ paydo bo‘lurin aniq bilg‘il. Bilg‘ilki, odam uch xil sifatga egadur. Barcha shaxs, u xoh dono, xoh nodon bo‘lsin, shu uch narsa bila xushnuddur. Bu uch narsaning biri aql, biri rostlik va biri juvonmardlikdur.

Universitet loyihalari doirasida

                        tayyorlangan materiallardan olindi

Read 351 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top