SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tuhmat qilish va tuhmatga quloq tutishdan qaytardilar.

Tuhmat - musulmon kishi haqida boshqa bir musulmonda nafrat uyg‘otadigan narsalarni aytib, unda yo‘q ayblarni unga to‘nkashdir. Bu ishi bilan Alloh to‘g‘rilab izga solib qo‘ygan narsaga putur yetkazadi, Alloh ularni bog‘lab qo‘ygan rishtaga daxl qilib, uni uzadi. Natijada ular orasida adovat va nafrat uyg‘onadi. Bu ish katta buzg‘unchilikka olib keladi, uning ketidan yovuzlik va yomonlik tug‘iladi. Shuning uchun ham Rasululloh (alayhissalom): “Bo‘htonchi ig‘vogar jannatga kirmaydi”, deb marhamat qildilar. Chunki u shaytonning lashkari va josusidir. U bog‘langan rishtalarni nifoq solish va gij-gijlash bilan uzadi.

Ikkinchi bor nazar solish

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ikkinchi bor nazar solishdan qaytardilar.

Ko‘z o‘z xilqatiga ko‘ra ochiq bo‘lgani uchun uning nazari qalbdan qasd bilan emas, balki bexosdan narsalarga tushib qoladi. Bu nazar senga (zarar yetkazmaydi), chunki u xoh halolga bo‘lsin, xoh haromga bo‘lsin, bexosdan sodir bo‘ldi. Bu faqatgina qalb narsalarni anglab his etishi uchun tabiiy holda tashlangan nigohdir. Agar nigoh qalb va nafsga yetib borsa, his-hayajonlar nafsdan qalb tomon o‘rmalab maylni uyg‘otadi. Mayl nigohga ko‘chib, alaloqibat, kishi o‘sha narsani izlab nazarini tashlaydi. Agar o‘sha narsa unga harom bo‘lsa, his-hayajonlar paydo bo‘lib, mayl uyg‘ongan vaqtda nigohini quyi tutishi lozim. Zero, bu vaziyatda ikkinchi bor nazar solishida ko‘zini quyi tutmasa, unga javobgar bo‘ladi, gunoh yoziladi. Birinchi nazari undan soqit bo‘ladi, chunki uning xohish-iradasisiz sodir bo‘lgan edi.

Hаkim Теrmiziy аsarlaridan saylanma

 kitobidan olindi

Таrjimon I.Usmonov.

 “Моvarounnahrnashriyoti 2017-yil

Read 333 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top