SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

“HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// Tashkent Islamic University Motto /////

Rasululloh (alayhissalom) g‘iybat qilish va g‘iybatga quloq osishdan qaytardilar.

G‘iybat mo‘minning sha’nini toptaydi. Aslida, imoni tufayli u himoya, mukarramlik va daxlsizlikka ega. Shunga ko‘ra qoni, moli va sha’niga tajovuz qilish harom qilingan. Moliga tajovuz harom qilinganining sababi, mol - din va sha’n tirgagi bo‘lgani uchundir.

Mo‘min kishi tavhid pardasi ichida, xoh u diniga taalluqli masala bo‘lsin, xoh u xilqatiga. Agar sen uni biror yomonlik bilan tilga olsang, Alloh taoloning pardasi bilan to‘silgan narsa tashqariga chiqib qoladi. Allohning uni o‘rab turgan pardasi yirtilgan bo‘ladi.

G‘iybatchining gapiga quloq osgan ham unga sherikdir. Zero, tinglovchi bo‘lmasa, uning g‘iybati bo‘lmas edi. Chunki g‘iybatini uning yonida aytdi, uning huzurida pardasiga putur yetkazdi. Ya’ni, uning yonida g‘iybatini oshkor qilib, so‘z bilan uning sha’nini bulg‘adi, pardasini yirtdi.

Tasavvur qil, dunyo podsholaridan biri eshigiga parda tutib qo‘ygan bo‘lsa-yu, bir kishi kelib, pardaga osilib uni yirtib talofat yetkazsa, uning qilmishiga qanday chora ko‘riladi?

G‘iybatga quloq tutib tinglovchi (mustami’) eshituvchi (some’)dan boshqadir. Chunki some’ (g‘iybatni) eshitsa ham, unga rozi bo‘lmasligi mumkin. Ammo unga quloq tutsa (istama’), demak, unga sherik bo‘ladi. Zero, u bu ishga eshitish iqtidorini safarbar qiladi va shunga rozi bo‘ladi.

Hаkim Теrmiziy аsarlaridan saylanma

 kitobidan olindi

Таrjimon I.Usmonov.

 “Моvarounnahrnashriyoti 2017-yil

Read 151 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top