SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yolg‘on so‘zlashdan qaytardilar. Yolg‘on so‘z aytish - Allohga tuhmat qilishdir. Yolg‘on imon bilan yonma-yon yuradi. Chunki kishi “shunday bo‘ldi”, desa-yu, aslida unday bo‘lmagan bo‘lsa, demak, u “Alloh taolo bu ishni joriy qildi” deb da’vo qilgan bo‘ladi. Zero, Usiz hech narsa sodir bo‘lmaydi. Agar “sodir bo‘ldi” desa-yu, ammo Alloh taolo buni joriy qilmagan bo‘lsa, Allohga yolg‘on to‘qigan bo‘ladi. Agar bo‘lib o‘tgan narsaga “sodir bo‘lmadi” desa, Alloh joriy qilib qo‘ygan narsani inkor qilgan bo‘ladi. Alloh aytadi: “Yolg‘on so‘zlarni faqat Alloh oyatlariga imon keltirmaydiganlargina to‘qiydilar” (Nahl, 105).

Agar yolg‘on gapirishga ruxsat berilganda edi, biror xabar kelib qolsa ko‘ngil ishonch-xotirjamlik tuymas edi. Ya’ni, so‘zlovchi gapiraverar, qalb esa uning gapidan qoniqish hosil qilmas edi. Chunki gaplar rostmi yoki yolg‘on - bilinmasdi. Chunonchi, yolg‘on harom qilinib, to‘g‘ri so‘z yuzaga chiqqanda, ko‘ngillarda odamlarning gaplariga ishonch va qoniqish paydo bo‘ladi. Yolg‘oni fosh bo‘lgan odamning sharmandasi chiqadi, pardasiga putur yetadi, yuzi qaro, o‘zi mazammat bo‘ladi. Yolg‘ondan ehtiyotkor bo‘lish lozim, qalblar esa xabar beruvchilarning (to‘g‘ri) xabarlariga ishonch hosil qilishi kerak.

Hаkim Теrmiziy аsarlaridan saylanma

 kitobidan olindi

Таrjimon I.Usmonov.

 “Моvarounnahrnashriyoti 2017-yil

Read 286 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top