SJ News II - шаблон joomla Авто

20170909

///// “HIGH SPIRITUALITY, HARMONY OF VALUES AND TOLERANCE ///// “YUKSAK MA’NAVIYAT, QADRIYATLAR UYG’UNLIGI VA BAG’RIKENGLIK” ///// ISHONCH TELEFONI: +(371)-244-00-56 SOAT 09:00 DAN 17:00 GACHA ///// «ВЫСОКАЯ ДУХОВНОСТЬ, ГАРМОНИЯ ЦЕННОСТЕЙ И ТОЛЕРАНТНОСТЬ» ///// Tashkent Islamic University Motto

Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamzot g‘oyat murakkab va ziddiyatli jarayonlarning guvohi bo‘lmoqda. Bu, birinchidan, dunyo xaritasida yangi davlatlarning vujudga kelgani, insoniyatning tinch-totuv yashashi va taraqqiyotning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi, ikkinchidan, dunyoviy taraqqiyotga to‘siq bo‘ladigan, demokratik rivojlanishni izdan chidaradigan, insoniyat, xalqlar, oilalarning birligiga rahna soladigan ma’naviy taxdidlarning vujudga kelishi, uchinchidan, globallashuv jarayonining jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelayotgani bilan belgilanadi.

Bugun insoniyatga tahdid solayotgan xalqaro terrorizm va ekstremizm dunyo sivilizatsiyasining, davlatlararo integratsiyaning ashaddiy dushmaniga aylanib bormoqda. U tobora kengayib, jahondagi ko‘plab mamlakatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “...bu ofat qachon, qaysi tomondan, qanday hujum qilishini hech kim bilmaydi”[1]. Zero, bu davrda ko‘z bilan ilg‘ab bulmas qudratli targ‘ibot kuchlari, demokratik rivojlanishni izdan chidaradigan, xalqlar va millatlar tinchligiga rahna soladigan xavf-xatar hamda tahdidlar bizni har tomondan qurshab turibdi. Afsuski, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlardan yovuz maqsadlar yo‘lida foydalanib, uni taraqqiyot kushandasiga aylantirayotgan kuchlar ham mavjud bo‘lib, ular o‘z sa’y-harakatlari bilan kishilarning tinch-farovon hayotiga dahl qilmoqda. Yangi kashf etilayotgan axborot xurujlari inson ongi va qalbiga tajovuz qilib, uning turmush tarzi, qarashlarini o‘zgartirishga intilmoqda. “Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadlariga aylanmoqda”[2].

Bugungi kunda axbrot tarqatish vositasi bo‘lmish Internet insoniyatning katta yutug‘i sifatida axborot va kommunikatsiya jarayonlarini misli ko‘rilmagan darajada tezlashtirdi. Odamlarga qator qulayliklar yaratdi.

IDS tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda yer yuzining chorak qismidan iborat 1,4 milliard kishi internet tarmog‘idan muntazam ravishda foydalanadi hamda yaqin 8 yillikda bu ko‘rsatkich 2 milliarddan oshishi kutilmoqda. Ekspertlar taxminicha, 2012-yildan buyon internet tarmog‘iga shaxsiy kompyuterlardan ko‘ra, mobil aloqalardan kirish nisbati ko‘proq kuzatilinayotganligi hamda 2016-yilga kelib jahonda internetdan foydalanuvchilar soni 3,42 milliard kishidan ko‘prog‘ini tashkil qilganini alohida qayd etish lozim[3]. Hozirda O‘zbekistonda ham 13 milliondan ortiq kishi, ya’ni aholining 38 foizi internetdan foydalanadi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning 90 foizi rivojlangan davlatlarda yashaydi. Dunyoning qolgan aholisi esa shu kichik doiraning mafkuraviy ta’sirida hayot kechiradi, deb xulosa qilish mumkin.

Shu o‘rinda I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan globallashuv va internetning roli to‘g‘risida quyidagi fikrlarini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio, televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hyech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsadlarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hyech qachon qaytmaymiz”[4]. Ushbu dasturiy fikr barchamizga Internet fenomenining ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur o‘rganishni va yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish vazifasini yuklaydi. Zero, internet ko‘plab mintaqaviy va mahalliy tarmoqlarni birlashtiruvchi butun jahon kompyuter tarmog‘i, axborotning cheksiz dunyosi hamda foydalanish mumkin bo‘lgan xizmatlarning katta to‘plami bo‘lishi bilan birga turli xil oshkora va oshkora bo‘lmagan g‘oyalar to‘qnash keladigan “jang maydoni” hamdir.

Hozir internetda tarqatilayotgan ma’lumotlarning rang-barangligi va ko‘pligidan ularning qay biri to‘g‘ri-yu, qay biri noto‘g‘ri ekanini ajratib olish mushkul. Tarmoqda milliy mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni – ekstremizm, terrorizm, shovinizm, fahsh, giyohvandlik va zo‘ravonlik kabi illatlarni farzandlar qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar ham oz emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, internet buzg‘unchilar makoniga aylanmoqda va buning bir kancha asosiy sabablarini keltirishimiz mumkin. Jumladan, internetning tartibga solinmagani, internetdagi faoliyatning maxfiyligi, shuningdek, matn, tasvir va ovoz uyg‘unligidagi axborotni joylash kabi qulayliklar, internetga kirish osonligi, cheksiz auditoriya, ma’lumotlarni yetkazish tezkorligi kabilardir[5].

Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda fuqarolar, ayniqsa, yoshlarni internetning salbiy oqibatlaridan asrash masalasi yuzasidan quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

Birinchidan, ota-ona o‘z farzandi uchun mas'ul ekanini his qilib, uning nima bilan band ekanini bilib turishi lozim.

Ikkinchidan, mahalla – tarbiya maskani sifatida ko‘cha-kuyda yoshlar huquqini nazorat qilishi kerak bo‘ladi.

Uchinchidan, ta'lim muassasasi ma’muriyati yoshlar dars tugagandan keyin to‘g‘ri uyga boryaptimi yoki boshqa ish qilyaptimi, buni bilishi lozim. Buning uchun oila, mahalla, ta’lim muassasasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlik kuchli va samarali bo‘lishi kerak.

To‘rtinchidan, Internet klub nazoratchilari – ma’murlar bolaning kompyuterda nima bilan shug‘ullanayotganini nazorat qilib turishlari kerak.

Oltinchidan, Internet klublarni ro‘yxatga olgan muassasa, mahalla raisi yoki mahalla ushbu klublar faollarining qanday faoliyat olib borayotganini nazorat qilib turishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, Respublikamizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli sohalarda yetuk mutaxassis, jismonan va ruhan barkamol inson bo‘lib yetishishiga keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish har bir yoshning burchidir. Buning uchun, avvalo, dunyoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining mehnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlarga mehribonlik, do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tarixan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarni o‘zida shakllantirishi talab etiladi. Zero, yoshlarimiz uchun mamlakat suvereniteti, hududiy birligi hamda mustaqil siyosat yuritish huquqini mustahkam himoya qiluvchi fuqaro bo‘lish, o‘zlarida milliy an’ana va xalqimizning mentalitetiga yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy qobiqni shakllantirish sharafli va mas’uliyatli burch hisoblanadi.

Boburmirzo Botirov,

universitet bitiruvchisi

 

[1] Каrimov I. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. Т. 6. - Т.: “O‘zbekiston”, 1998, 429 - 32-6.

[2] Энтони Р„ Эллиот А. Эпоха пропаганды: Мехнизмы убеждения, повседневное использование и злоупотребление. - М.: Эврика, 2001, 102-с.

[3] http: // www.internet.ni/norle/1 R67R

[4] Karimov I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. - T.: “Ма’naviyat”, 2013, 114-6.

[5] Тulepov А. “Internetdagi tahdidlardan himoya”. - т.: “Моvarounnahr”, 2016, Б. 44-45.

Read 147 times
Share this article

yil

Biz bilan bog'lanish

      

       100011, Toshkent shahar,

       Abdulla Qodiriy ko'chasi, 11-uy

       Tel: +998 (71) 244-00-91

       e-mail: Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo. , Questo indirizzo email è protetto dagli spambots. E' necessario abilitare JavaScript per vederlo.

       fax: 244-00-65

 

Top